O‘zbekiston | 16:44 / 18.11.2015
23330
2 daqiqa o‘qiladi

18 noyabr - O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan har bir yurt bayrog‘ining Birlashgan millatlar tashkiloti bosh qarorgohi maydonida muzaffar hilpirashini istaydi. Chunki bu dunyoda o‘z o‘rni, o‘z ovoziga ega ekanining tasdig‘i, mustaqilligining tan olingani ifodasidir.

Bundan roppa-rosa 24 yil muqaddam O‘zbekiston deb deb atalmish osoyishta, erkin va farovon yurtning ona tabiatdan andoza olib ishlangan davlat bayrog‘i qabul qilingan edi. Shundan bunyo bu muqaddas tug‘ eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, zafarli qo‘llarda baland ko‘tarilmoqda, shavqu zavq bilan ko‘zlarga surtilib, lablarga bosilmoqda.

Bugun bu bayroq faqatgina O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi emas, u shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylangan. Dunyoning qaysi burchida bo‘lmang, bu bayroq ona yurt nafasini dimoqqa uradi, qadrdon Vatanni yodga soladi.

Kun.uz sayti tahririyati barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan qizg‘in muborakbod etadi. Ona yurtimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizni tark etmasin, bayrog‘imiz baland-balandlarda O‘zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt sha'ni, shonu shavkatidan darak berib hilpirayversin!

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda