Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahrida ma’muriy jarimadan jahli çiqqan haydovçi YPX maşinasining oynalarini sindirdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, hodisa 2025 yil 9 fevral kuni sodir bölgan. Şahrisabz şahri Böston mahallasida hududida xizmat vazifasini olib borayotgan YHXB xodimlari davlat raqami bölmagan mototransport vositasini töxtab turiş mumkin bölmagan joyda turgani uçun ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirişgan.

Şunda bundan jahli çiqqan haydovçi mototransport yukxonasida bölgan lopatkani olgan va YHXB xodimlari foydangan “Lasetti” xizmat maşinasining old va orqa oynalarini sindirgan.

“Renessans TV” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilib, töplangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Jinoyat işlari böyiça Şahrisabz şahar sudida qonunbuzar haydovçiga 7 sutka qamoq jazosi tayinlangan.