Qirğiziston prezidenti parlamentning yerlarni tortib oliş imkonini beruvçi qonuniga norozilik bildirdi. Tojikiston esa Eron bilan savdosini 500 mln dollarga yetkazmoqçi. Turkmanistonda armiyaga çaqiruv yoşi 30 ga kötarilişi mumkin. AQŞ Davlat kotibi “Tolibon” Afğonistonni töliq idora qilolmaganini gapirsa, afğonlar buni rad etdi.

Bankrot bölgan turfirma sabab qozoqlar Umraga borolmay qoldi

70 dan ortiq qozoğistonliklar özini bankrot deb e’lon qilgan turfirma sabab Umra ziyoratiga borolmay, pullariga kuyib qolişdi. Ma’lum bölişiça, Olmaota va Çimkentda yaşovda 70 dan ortiq fuqarolar 20 fevral kuni ziyorat taşkilotçiligidan heç qanaqa xabar bölmagaç, turfirma eşigini taqillata boşlagan. Çunki ular rejaga köra, 1 hafta avval uçib ketişi kerak edi. Ziyoratçilarga Makka va Madinaga töğridan töğri reys va eng yaxşi mehmonxonalarda yaşaş va’da qilingan, lekin ular çemodanlari bilan aeroportda qolib ketişdi. Odamlar esa ğazablanib, yuklari bilan töğri turfirma eşigiga kelişgan. Aytilişiça, turfirmalar odatdagidan ança arzon narx aytgan va şuning ortidan köpçilikka paket sotgan. “Ular bizning işonçimizdan foydalanib, aldaşdi. Bugungaça biz ularga işonib keldik. Farzandlarim menga bu sayohatni sovğa qilgandi, men Kordaydan Olmaotaga keldim va 17 fevralda uçib ketişim kerak edi. Keça esa kompaniya özini bankrot deb e’lon qilganini aytişdi, şuning uçun safar bekor qilindi”, - deydi Jambil viloyatida yaşovçi fuqaro.

Kompaniya sayohatlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilgan. Jabrlanganlar içida biratöla beştalab ziyorat paketini xarid qilganlar bor. 60 dan ortiq ziyoratçilar esa aynan mana şu turfirma sabab Saudiya Arabistonida qolib ketmoqda, ularning ziyorati yakuniga yetgan, biroq qaytiş çiptasi noma’lumligi sabab qolib ketişgan. Ma’lum bölişiça, Umraga jönatuvçi bu kompaniya mijozlaridan kamida 40 million tenge qarzdor, bu 84 ming AQŞ dollari degani.

Qirğiziston vaziri Britaniya safarida biror natijaga erişmadi

Qirğiziston ta’lim vaziri Buyuk Britaniyaga bekordan-bekorga borib kelgani uçun javobgarlikka tortildi. Ma’lum bölişiça, vazir Doğdurqul Kendirboyeva Buyuk Britaniyaga taşrifi yakunlari böyiça prezident administratsiyasiga notöğri xabarlar bergan. Safardan maqsad Qirğizistonda darsliklar uçun 400 ming dollar va vazirlikning boşqa maqsadlari uçun mablağ topib keliş edi. Biroq vazir ingliz hamkasblari bilan uçraşar ekan, ularni bunga köndira olmagan. Delegatsiya davlatga qaytgaç britaniyaliklar hammasiga köndi deya notöğri ma’lumot bergan. Prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi aslida bunday bölmaganini aniqlagan. Ikki taşkilot qarorlari ijrosi nazorat bölimidan Azamat Ostonov ma’lumot berarkan, Britaniyada talabalar bilan uçraşuv va vazirlar bilan kengaş biror natija körsatmadi, deydi. Uning qöşimça qilişiça, vazir safarga ketişdan avval örinbosari Lira Samiqboyevani ham delegatsiya tarkibiga qöşişni söradi. Çunki u ingliz tilini biladi va “Oltin qoziq” ta’lim dasturi haqida vazirdan yaxşiroq ma’lumot berişi mumkin edi. Lekin administratsiya bunga ruxsat bermagan va vazir örinbosari Britaniyadagi forumda qatnaşmagan.

Tojikiston Eron bilan savdosini 500 million dollarga yetkazmoqçi

Tojikistonga Eron prezidenti davlat taşrifi bilan kelib-ketgaç Duşanbe Eronga yanada yaqin böliş harakatida. Ikki davlat endi özaro savdo hajmini yarim mlrd dollarga yetkazmoqçi. Tojikiston boş vaziri Tehronga borib, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon bilan körişarkan, muloqotda şu muhokama qilingan. Duşanbe va Tehronning özaro vizasiz rejimga ötgani ham savdoga ta’sir qildi. Pizişkiyon fikriça, vizasiz rejim fors-tojiklarni yanada yaqinlaştirib, birlaştirgan. “Xovar” axborotida kelişiça, Eron Tojikistonga katta sarmoya kiritadi, asosan energetika va transport sohasiga. Tehronda 3-Kaspiy iqtisodiy forumi bölib ötarkan, boş vazir Kohir Rasulzoda energetik loyihalar haqida köp gapirdi.

“Tojikiston qayta tiklanadigan manbalardan işlab çiqariladigan elektr energiyasining 98 foizidan Kaspiy dengizi havzasi mamlakatlariga yaşil energiya eksport qilişga tayyor”, — dedi u.

Turkmanistonda çaqiruv yoşi özgarişi kutilmoqda

Turkmaniston hukumati armiyaga çaqiruv yoşini 30 yoşgaça oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Turkmennews mamlakat xavfsizlik idoralaridagi manbasiga tayanib, xabar bermoqda. Ta’kidlanişiça, farmon loyihasi allaqaçon tayyor va prezidentning imzolaşi kutilyapti.

Endi muddatli harbiy xizmatdan qoçiş uçun çet elga öqişga ketgan turkmanlar 30 yoşga tölgunga qadar u yerda qolişga majbur böladi, deb yozadi naşr. Hozir çaqiruvning maksimal yoşi 27 bölib qolmoqda. Özgartirişlar töğrisidagi farmon allaqaçon işlab çiqilgan, ammo mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhammedov uni hali imzolamagan. Turkmanistonda erkaklar hamma joyda harbiy guvohnomaga ega bölişga majbur: işga kirişda, uy-joyni xususiylaştirişda, röyxatdan ötişda va hokazolarda. Şunday qilib, harbiy röyxatga oliş va röyxatga oliş idorasi orzu qilingan hujjatni bermagunça, fuqaro özining barça huquqlaridan foydalana olmaydi.

Askarlarning yetişmasligi özini betaraf deb e’lon qilgan Turkmaniston armiyasining surunkali muammosidir. Naşrga köra, muddatli harbiy xizmatni ötaş qoidalari yoki harbiy guvohnoma beriş tartibini özgartiriş orqali armiyadagi harbiylar taqçilligini töldirişga urinilayotgan bölişi mumkin. Biroq bunday usullar yoşlarning armiyada xizmat qilişni istamasligini yanada kuçaytiradi. Masalan, hozirgi kunda yigitlar armiyaga ketişdan bor kuçlari bilan özlarini olib qoçişadi, çunki ular armiya şunçaki rasmiyatçilik ekani, kelajak faoliyatda biror foyda keltirmasligini yaxşi bilişadi. Turkmen.News davomli e’lon qilgan maqola va materiallarida körinişiça, turkman armiyasi nafaqat harbiylar, balki yaxşi qurol-aslaha va öq-dori bilan ham ta’minlanmagan. Biroq bu muammolar harbiy qonunçilik yoki moliyalaştirişga borib taqalmaydi. Hamma muammo ajratilgan pullarning yeb yuborilişida, deb yoziladi xabarda.

Qozoğistonliklar qişloqlarni ommaviy tark etmoqda

Qozoğiston qişloqlari yildan yilga kamayib, aholi şaharda yaşaşni ma’qul körmoqda. Ma’lum bölişiça, qöşni davlatda oxirgi 2 yilda 80 ta qişloqlar butunlay xaritadan ham öçirilgan, bu hududlarda yaşovçi qozoqlar töliq şaharlarga köçib ketdi. Aynan şu 80 ta qişloqlarda bugun heç kim yaşamaydi. Parlament deputati Jiguli Dairabayev davra suhbatida şu haqida çiqiş qildi. Uning aytişiça, 1 oktyabr hisob-kitobiga köra, qozoğistonliklarning 70 foizga yaqini allaqaçon şaharlarda yaşamoqda, 37 foiz aholigina qişloqlarda qolgan, biroq yildan yilga qişloqlar butunlay yöq bölib, kimsasiz hududga aylanib bormoqda.

“Bu körsatkiç har yili kamayib bormoqda. Bugungi kunda Qozoğistonda 6208 ta qişloq mavjud bölsa, 2023 yilda 6286 ta bölgan edi. Şunday qilib, bor-yöği ikki yil içida 80 qişloq yöq bölib ketgan. Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga köra, Qozoğiston qişloqlarida aholining migratsiya saldosi ötgan yili minus 111 kişini taşkil etgan, deydi deputat. Ma’lum bölişiça, bu sönggi 25 yildagi qişloq aholisi soni böyiça antirekord. Eslatib ötamiz, oxirgi 10 yil içida Qozoğistonda 600 ga yaqin qişloqlar yöq bölib ketgan. Bugun respublikada jami 21 millionga yaqin aholi yaşaydi.

Prezident parlamentdagi qonunga qarşi çiqdi

Qirğiziston parlamenti şu kunlarda “Yangi yer” loyihasini körib çiqmoqda. 13 fevral kuni Jokorgu kengeş bu kodeks loyihasini tasdiqlagan. Lekin prezident Sadir Japarov hujjatga qarşi ekanini ma’lum qildi. Yer kodeksi Jokorgu kengeşda 3 öqişda qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi bu hujjat taşabbuskori, lekin uning ayrim bandlaridan jiddiy noroziliklar bor. Masalan, hujjatda davlat va jamoat ehtiyojlari uçun şaxsiy yerlarni tortib olişga ruxsat beruvçi band bor. Prezident ham şundan norozi.

Men xususiy yerlarning tortib olinişiga qarşiman. Xususiy mulk daxlsizdir. Agar Qişloq xöjaligi yerlarini qayta taqsimlaş jamğarmasining (QXF) ijaraga berilgan yerlari haqida gapiradigan bölsak, bu boşqa masala. Ijaraga olingan, ammo foydalanilmayotgan joylar begona ötlar bilan tölib-toşgan. Bunday yerlardan maqsadli - qişloq xöjaligi uçun foydalaniş kerak edi. Özi har yili butun dunyo böylab qişloq xöjaligi yerlari qisqarmoqda. Aholi esa tez sur’atlar bilan ösib bormoqda. Masalan, bugun biz özimizni buğdoy bilan ta’minlay olmaymiz. Ehtiyojning 60 foizi import hisobiga qondiriladi. Şuning uçun bir kvadrat metr yer böş qolmasligi kerak. Mahalliy hokimiyat organlari şaxsiy yer uçastkalarini muntazam ravişda tekşirişlari lozim. Agar kimdir ularni qayta işlay olmasa, davlat yordam bersin va ulardan foydalanişni ta’minlasin. Agar mulkdor özi uddasidan çiqolmasa, davlat yerni ijaraga olib, özlaştirsin. Yeçim topiş mumkin. Agar foydalanilmayotgan xususiy yerlarni olib qöyiş töğrisida qonun loyihasi tuşsa, men uni rad etaman, dedi prezident. Bir kvadrat metrni ham böş qoldirmang. Buğdoy, arpa, kartoşka va boşqa ekinlarni eking, importga qaram bölmay, öz-özimizni ta’minlaşga intilaylik, dedi Japarov yer egalariga murojaat qilarkan.

Marko Rubio: “Tolibon” bilan IŞIDga qarşi hamkorlik qilamiz

AQŞ davlat kotibi IŞIDga qarşi kuraşda Vaşington “Tolibon” bilan hamkorlik qilişi, lekin toliblarga nisbatan Amerikaning qaraşi özgarmay qolişini gapirdi. Amerika matbuotiga bergan intervyusida Marko Rubio Afğonistonda bu guruhlar ustidan nazoratning yöqligi va bu omil terroristik guruhlarga öz faoliyatini kengaytiriş imkoniyatini berişini aytdi.

“Menimça, bahsli boşqaruv joylari mavjud hamda hali hududni töliq boşqariş imkoni yöq hukumat bölsa, u yerda terroristik guruhlar avj oladi, bu ular uçun yaxşi imkoniyat”, dedi Rubio.

AQŞ Davlat kotibi, şuningdek, Amerika xavotirlari faqat Afğoniston bilan çegaralanmayotganini ta’kidlab, Suriyani boşqa bir xavfsizlik tahdidi sifatida tilga oldi.

Mahalliy afğon naşri Tolo.News e’lon qilgan xabarda esa Rubioning fikrlari qat’iy rad etilgan. Naşr Afğonistondagi siyosatçi Moen Gul Samkanay fikrini olib, davlat kotibi gaplarini xatoga çiqarişga harakat qildi. Bu asossiz da’vo, çunki sönggi uç yarim yil davomida amaldagi hukumat Afğonistonda öz nufuzini isbotladi va öz hududining kiçik bir qismi ustidan ham nazoratni qöldan boy bermadi. Ularning gapiga oydinlik kiritiş kerak, dedi Samkanay. Afğon siyosiy tahlilçisi Hevad Zaziy ham Rubioning gaplarini rad qilib, “Tolibon” dunyo yoki qöşni davlatlar uçun xavf tuğdirmagani, bunga global dalilni Amerika körsatib berolmasligini aytdi. Tolo.News telekanaliga bayonot bergan “Tolibon” içki işlar vazirligi Afğonistonda IŞID allaqaçon bostirilgani, hozir heç qanday tahdid yöqligini gapirgan.