Toşkent şahri va Andijon hamda Jizzax viloyatlarida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosi foş etilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Izboskan tumani bölimi, DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda "A.Navoiy" MFY hududida fuqaro I.Ş. va boşqalarning maşinasi közdan keçirilganda uning salonida 231 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini sotiş maqsadida olib kelgani aniqlangan. Dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şu kabi departamentning Zarbdor tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda A-376 yölida harakatlanib kelgan E.R. boşqaruvidagi maşina töxtatib közdan keçirilganda, Qöqon şahridagi "A.Z." MÇJga qaraşli dorixona sotuvçisi I.S. fuqaro M.X.ga sotiş uçun yuborgan 20 quti kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şuningdek, departamentning Yunusobod va Yakkasaroy tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda “N.Ph.” va “L.L.” MÇJlarga qaraşli dorixona sotuvçilari kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini retsepsiz sotgan vaqtida uşlangan. Tadbir davomida uşbu dorixonalardan sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan jami 23 quti “Benzonal” va “Tizersin” nomli dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.