O‘zbekiston | 10:00 / 16.02.2022
6586
2 daqiqa o‘qiladi

17 fevral kuni O‘zbekistonda havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 17 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid