O‘zbekiston | 16:59 / 14.07.2022
3937
3 daqiqa o‘qiladi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bosh maqsadimiz

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ energiya tejaydigan texnologiyalarni va energiya sarfini iqtisod qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni keng joriy etish, muqobil energiya manbalari, xususan, quyosh energiyasidan foydalanishni ko‘paytirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Shunga ko‘ra, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va tizim korxonalari tomonidan o‘z ehtiyoji uchun sarflanayotgan energiya iste’moli hisob-kitob qilinib, sohaga zamonaviy texnologiyalar asosida muqobil energiya uskunalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Jamiyat tarkibidagi “O‘zbekenergota’mir” AJ tomonidan sanoat kooperatsiyasi asosida 200 litr sig‘imga ega quyosh suv isitkichlarini mahalliy sharoitda raqobatbardosh narxlarda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Mahsulotning afzalligi shundaki, u bozorda taklif etilayotgan 20 ta quvurli quyosh suv isitkichlaridan farqli bo‘lib, 24 ta quvur bilan jihozlangan. Bu esa qisqa vaqt ichida 200 litr suvni isitish imkonini beradi. Mahsulot narx borasida ham arzonligi bilan ajralib turadi. Mutaxassislarning bildirishicha, savdoda mavjud bo‘lgan shu turdagi qurilma 15 yillik kafolatga ega bo‘lsa, mahalliy mahsulot 20 yil davomida ishonchli xizmat qiladi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Birinchi bosqichda, 15 ta quyosh suv isitkichlari “Toshkent IEM” AJda o‘rnatildi. “Sirdaryo IES” AJda 12 ta va “Tolimarjon IES” AJda yana 10 donasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda tizimdagi barcha korxonalarni jami 150 ga yaqin ushbu uskunalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Kelgusida loyiha doirasida mahalliy budjet tashkilotlari va aholi uchun ham quyosh suv isitkichlarini ishlab chiqarish belgilangan. Ayni kunlarda mazkur isitkichlarning bozor narxidan 5-10 foiz arzon qiymatda, aholining keng qatlami uchun mo‘ljallangan turini tayyorlash hamda kredit yoki ssuda ko‘rinishida sotish tartibini joriy etish ustida ish olib borilmoqda.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Eslatib o‘tamiz, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan tizimda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida “Farg‘ona IEM” AJ 1800-2000 kVt, “Sirdaryo IES” AJ 1200-1500 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tender e’lon qilgan edi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati

Mavzuga oid