Jurnalist Şahnoza Töramurodova adliya vaziri Akbar Toşqulov bilan uçraşuvda siyosiy partiyalarni röyxatda olişda bugungi kunda amalda bölgan 20 ming imzo töplaş talabi jamoatçilik örtasida muhokamalarga sabab bölib kelayotgani, faollar bu talab yumşatilişi tarafdori ekani haqida töxtalib, Adliya vazirligi jamoatçilikning bu boradagi takliflari asosida qonunçilikka tegişli özgartiriş kiritiş niyati bor-yöqligi bilan qiziqdi. Vazir bunga javoban aholi soniga qiyosan olinsa, 20 ming imzo talab etilayotgani aslida juda kam ekanini ta’kidladi.

“Bizning nuqtai nazarimizga köra, [partiyani röyxatdan ötkaziş uçun talab etiladigan] 20 ming [imzo] köp emas. Bu hozir aholining neça foizini taşkil qiladi? Agar aholi 36 million kişi bölsa, bu 1 foizdan kam. Bu juda kam, bu normal.

Boşqa davlatlarning ham tajribasini örganganmiz. Ularda ham biznikidan keskin farq qilmaydi. Tasavvur qiling, har beş ming yoki ön ming odam partiya oçaversa, qança partiya bölib ketadi? Saylov varaği ham yetmaydi. Şuning uçun bunday tösiqlar bor.

Çunki partiya köpçilik aholining manfaatini ifoda qiladigan, köpçilikning siyosiy-huquqiy qaraşlarini körsatadigan taşkilot. Şuning uçun butun dunyoda [imzolar] soniga nisbatan çeklovlar bor”, deya Akbar Toşqulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

“Siyosiy partiyalar töğrisida”gi qonunga köra, partiyalar Adliya vazirligi tomonidan röyxatga olinadi. Buning uçun esa Özbekistonning kamida sakkizta hududida, şu jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahrida yaşayotgan hamda partiyaga birlaşiş istagida bölgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi talab etiladi.

Adliya vaziri 20 ming odamni birlaştira olgan partiyalarning arizasi qonuniy körib çiqilişi, imzolar qonuniy bölsa, partiyani röyxatga olişda heç qanday muammo bölmasligini qöşimça qildi.

“Bizga kelgan murojaatlarni qonuniy tartibda körib çiqamiz. Bizga yaqin orada bu borada hujjat kelib tuşmagan. Qonunda belgilangan talabga javob bersa, partiyalar röyxatdan ötişi mumkin. Yigirma ming odamni birlaştirsin, heç qanday masala yöq. Ularning imzosini töplaş kerak. Imzosi qonuniy bölişi kerak”, deydi Akbar Toşqulov.