Ötgan 2022 yil yanvar oyida Qozoğistonda ommaviy namoyişlar bölib ötgan edi. Ba’zi kuzatuvçilar, uşbu namoyişlardan keyin, prezident Töqayev siyosiy tizimni qattiqlaştirişi, gaykalarni “qattiqroq buraşi”ni kutgan edi. Lekin, Töqayev ommaviy ijtimoiy namoyişlarga kattagina ma’muriy-siyosiy islohotlar bilan javob berdi.

Töqayev taklifiga köra, köplab özgarişlar kiritildi. Jumladan, qişloq, tuman va şahar xokimlari saylanadigan böldi. Siyosiy partiyalarni röyxatga oliş osonlaştirildi. Ungaça 20 ming imzo talab qilingan bölsa, bu talab tört martaga qisqartirilib, 5 mingga tuşirildi.

Parlamentga va mahalliy maslihatlarga (viloyat kengaşlariga) ham saylov tizimi özgartirildi. Parlamentdagi prezidentning vakillari soni qisqartirildi, ya’ni olib taşlandi. Natijada, parlament saylovlariga 70 foiz örin partiya röyxatlari asosida, 30 foiz joy bir mandatlik okruglar asosida saylanadigan böldi. Mahalliy maslihatlarga esa 50/50 foiz asosida saylovlar joriy qilindi.

Töqayev prezidentlik mandatini ikkitadan bitta mandatga – 7 yillik muddatga qisqartirdi. Konstitutsiyaga köra, bundan keyin, heç bir şaxs 7 yildan ortiq prezident böla olmaydi. Jumladan, Töqayevning özi ham. Ötgan 2022 yilda saylangan Töqayev, 2029 yilda hokimiyatdan ketişi kerak böladi. Töqayevning özi ham Qozoğiston xalqiga va’da berib, 2029 yilda ketişini köp bor ta’kidladi.

Şuningdek, Töqayev prezidentlik vakolatini biroz qisqartirdi. Sud hokimiyatini biroz kuçaytirdi. Qonun darajasida prezidentning yaqinlari, qarindoşlari yuqori davlat mulozimlari va katta biznes egalari bölişi taqiqlandi.

Yaqinda bölib ötgan parlament saylovlarida, 52 foiz aholi iştirok etgan xolos. Bu yuqori körsatkiç emas. Qozoğiston jamiyatida tanqidiy fikrlaş öta yuqori. Jumladan, rasmiy, ya’ni davlat röyxatidan ötgan mustaqil TV kanallarida ham hukumatni, davlat mulozimlarini tanqid qiliş odatiy xolga aylanib bölgan.

Saylovda Amanat partiyasi katta örin olgan. Bu – sobiq NurOtan partiyasi. Bu partiya hokimiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Şunday bölsa-da, bu safargi parlamentga ikki yangi partiya kirişga muvaffaq bölgan. Lekin eng taniqli va aşaddiy tanqidçi partiyalar, şaxslar parlamentga kira olmagan.

Qozoğistonda vatandoşlik jamiyati ança jonli. Ötgan 2019-22 yillar davomida Qozoğiston Adliya vazirligiga 18 ta yangi partiya loyihasini röyxatdan ötkaziş murojaati bölgan. Qiyoslaş uçun, Özbekistonda bor-yöği bir partiya loyihasi murojaat qilgan, u ham bölsa, rad etilgan.