Bugun, 25 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötdi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, majlisda deputatlar siyosiy partiyalarning 2020 yildagi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari töğrisidagi hisobotlarini ham tingladi.

Özbekiston liberal-demokratik partiyasi raisi Akmal Hayitovning hisobotida aytilişiça, 2021 yil 1 yanvar holatiga partiyaning hisobraqamlaridagi qoldiq mablağlar 1 milliard 930 million 734 ming sömni taşkil qilmoqda. 2020 yil davomida partiyaning hisobraqamlariga jami 35 milliard 318 million 862 ming söm kelib tuşgan.

«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov 2020 yil partiya hisobraqamiga 22 milliard 276 million 323 ming 900 söm miqdorida mablağ tuşganini ma'lum qildi. Xususan, partiyaga davlat budjetidan 20 milliard 113 million 494 ming söm, partiya a'zolik badallaridan 1 milliard 891 million 659 ming söm, homiylik, xayriya va boşqalar hisobidan 271 million 170 ming 800 söm mablağlar kelib tuşgan. 2020 yil davomida partiyaning umumiy sarf-xarajati 21 milliard 665 million sömni taşkil qilgan.

«Adolat» SDP rahbari Bahrom Abduhalimovning sözlariga köra, 2020 yilda partiyaning hisobraqamlariga jami 14 milliard 206 million 929 ming söm mablağ kelib tuşgan. 2020 yilda jami 13 milliard 871 million 122 ming söm mablağ sarflandi.

Xalq demokratik partiyasi raisi Uluğbek Inoyatov 2020 yilda partiya hisobraqamlariga 23 milliard 842 million 410 ming söm kelib tuşganini ma'lum qildi. Uşbu mablağlarning 48 foizi partiyaning öz mablağlaridan iborat.

Özbekiston Ekologik partiyasi raisi Narzullo Oblomurodov 2020 yilda partiyaning xarajatlari 8 milliard 342 million 51 ming sömni taşkil etganini bildirdi. Jumladan, partiya işçi xodimlarining 2020 yil davomidagi iş haqi uçun 7 milliard 36 million söm, yagona ijtimoiy tölov uçun 853 million söm, xizmat safarlar xarajatlari uçun 19 million 801 ming söm, kommunal xizmatlar uçun 75 million 122 ming söm va boşqa xarajatlar uçun 807 million sömdan ortiq mablağ sarflangan.

Siyosiy partiya raislari taqdim qilgan ma'lumotlarga köra, 2020 yilda Özbekistondagi 5ta siyosiy partiyaning umumiy xarajatlari 101 milliard 108 million sömdan ortiqni taşkil qilmoqda. Oliy Majlis deputatlari tomonidan partiyalarning 2020 yildagi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari töğrisidagi hisobotlari ma'lumot uçun qabul qilindi.