– «Ezgulik» jamiyatiga jazoni ijro etiş va tergov organlarida inson huquqlarining poymol etilişi, majburiy mehnat bilan boğliq mavzulardan taşqari yana qanday murojaatlar bölmoqda? Özbekistonliklar qaysi turdagi huquqsizlik, muammolar haqida köproq şikoyat qilişyapti?
– Jamiyatimizga sönggi paytlarda ma’lum darajada siyosiy huquqlarga oid, ya’ni yangi partiyalarning röyxatga olinişi böyiça sun’iy tösiqlar qöyilgani böyiça murojaatlar bölyapti. Men özim bu sohani suriştirganman va parlamentga takliflar bilan çiqdik. Masalan, «Siyosiy partiyalar töğrisida»gi qonunimiz xalqaro standartlar darajasida takomillaşmagan.
2017–2021-yillarga möljallangan strategiya böyiça dasturimizning 1-bandida mamlakatda siyosiy tizimni rivojlantiriş, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuçaytiriş, ular örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş masalasi bor edi. Lekin şundan beri hali rasman birorta yangi partiya yuzaga kelgani yöq va bu borada öziga xos tösiqlar ham bor.
Masalan, ma’lumot uçun aytişim mumkin, Rossiya qonunçiligida siyosiy partiyani röyxatga oliş uçun 500ta imzo kifoya qiladi. Holbuki Rossiya Federatsiyasida 146 mln aholi yaşaydi. Hatto unçalik demokratik bölmagan Turkmaniston yoki Belarusda [siyosiy partiyani röyxatga oliş uçun] 1000ta, qöşnilarimiz Qozoğiston va Qirğizistonda 100ta imzo yetarli.
Bizda nima uçun yangi partiyani röyxatga oliş uçun talab etiladigan imzolar soni 20 mingta?! Nima uçun biz bu boradagi qonunlarni takomillaştirmadik?
Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga mavsumiy hisobotlar topşirayotgan vaqtimizda Özbekiston delegatsiyasiga bu haqda savollar ham bölgan. Bilişimça, hozir bu masala körib çiqilyapti. Bu siyosiy plyuralizm, ya’ni siyosiy erkinlik muhiti nuqtayi nazaridan juda ahamiyatli. Çunki biz saylovlar arafasida turibmiz.

Masalan, ötgan parlament saylovlarini YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi

















