DXX muqaddam sudlangan xonanda va uning ikki sherigini yer bilan bog‘liq firibgarlik uchun qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatga chek qo‘yildi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/lfNsRjbSmFbuJGV1NL6g_KxcyjOQrYjz.jpg)
Foto: DXX
Xorijdan avtomashinalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanuvchi, Toshkent shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan kelishgan holda, o‘zganing ishonchiga kirgan va mazkur xo‘jalikning 16,5 gektar sug‘oriladigan yerini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 600 ming AQSh dollari talab qilgan. Shuningdek, ular bu ishga 1987 yilda tug‘ilgan shaxsni ham jalb etgan.
![](https://storage.kun.uz/source/7/vQ6SrZO8omdUfN4LK-ov7YHQ7rrVVaHD.jpg)
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Toshkent shahrida yashovchi, 1963 yil va 1975 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirib, unga “kovrak” o‘simligi yetishtirishi uchun Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududidan 1000 gektar yer maydoni ajratilishida yordam berishlarini aytib, evaziga 300 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/HVIqceLRvE2b2ohcJCIswZ0MqTSyjagb.jpg)
Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ular ushbu noqonuniy ishni o‘zini go‘yoki O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi inspektori deb tanishtirgan, 1988 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qilib, aslida xonandalik bilan shug‘ullanuvchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan 80 ming AQSh dollari evaziga hal qilishga o‘zaro kelishib olganliklari ma'lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, u Toshkent shahrida dastlabki 24 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/fNCRhFasiePFEfxpYIxjFeprpli9KLOj.jpg)
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya hududiy yon berishi va armiyasini qisqartirishi kerak - Kellogg
Jahon | 23:59 / 15.02.2025
-
O‘nlab rossiyalik oligarxlar sanksiyalardan qutulishga muvaffaq bo‘ldi
Jahon | 23:56 / 15.02.2025
-
AQSh va Rossiya rasmiylari Tramp-Putin muzokaralariga tayyorgarlikni boshlaydi
Jahon | 23:30 / 15.02.2025
-
Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni nega imzolamaganini tushuntirdi
Jahon | 23:15 / 15.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/3M5z20X9gV8qTXRMCRG467yHamRFOs1D_medium.jpg)
18:59 / 15.02.2025
Toshkentda xitoyliklar miting o‘tkazgani rad etildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/DHcoXgyxGy4sA76TdSHrL6Rq59KRXixv_medium.jpg)
10:00 / 15.02.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi sekinlashdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/IqCQt5g6H7mFob00V8ui-yUgSUth67l7_medium.jpg)
08:40 / 15.02.2025
Toshkentda 2025 yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/FISDrChPRN--y7pqW2A5Ymulztsr0k-t_medium.jpg)
20:04 / 13.02.2025