2025 yil oxirigacha ekspluatatsiya muddati o‘tgan 452 ta lift yangisiga almashtiriladi

Bugungi kunda Toshkent shahridagi ko‘p xonadonli uy-joylarda jami 9101 ta lift mavjud. Ulardan 2042 tasining (22,4 foiz) foydalanish muddati o‘tgan.

2025 yil oxirigacha 2042 ta eski liftning 22,1 foizi yangilanadi. Yangi liftlar ilg‘or xavfsizlik standartlariga ega va energiya tejamkor bo‘ladi.

Yangilanadigan liftlarni tanlash mezonlari quyidagicha:

25 yildan ortiq xizmat qilgan; 
texnik talablarga javob bermaydigan;
xavfsizlik darajasi past bo‘lgan liftlar ustuvor tartibda almashtiriladi.