Toşkent şahri, Çilonzor tumanidagi Milliy boğda Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va şiorlar bilan miting ötkazmagan. Bu haqda IIV ma’lumotiga tayanib ÖzA xabar berdi.

«15 fevral kuni Huawei kompaniyasining işçilari doimgidek şanba va yakşanba kunlari yuguriş aksiyasini ötkazganlar. Bannerlarda xitoy tilida «Sport soğliq garovi, siz ham yugurib soğlom böling. Bizning ham idora va taşkilotlar örnak olsa arziydigan tadbir ekanligini e’tirof etamiz», deyiladi xabarda.

15 fevral kuni tongda Milliy boğ hududida Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va şiorlar bilan ommaviy tadbir ötkazgani, şiorlarda «Biz kuçlimiz» degan yozuv borligi, hududni qöriqlayotgan Milliy gvardiya ham, Toşkent şahar hokimligi va IIBB ham holatdan bexabarligi haqida xabar berilgandi.