Avvalo ta'kidlaş kerak, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarda ayrimlar tarixiy yodgorlik buzib yuborilganini keskin qoralagan bölsa, yana kimlardir masjid yaroqsiz holatga kelib qolgani, uning örnida zamonaviy masjid qurilişi töğri ekanini aytib fikr bildirdi.

Xöja Porso masjidi /Foto: Elmira Tuxvatullina
Xöja Porso masjidi /Foto: Elmira Tuxvatullina

Qadimiy masjid nega buzildi?

Marğilon şahri “Xöja Porso” MFY Baxtiyorlik köçasi 100-uyda joylaşgan Xöja Porso nomli masjid 1868 yilda qurilgan.

Vaziyatni örganiş uçun borganimizda masjid allaqaçon buzilib, uning örnida yangi zamonaviy masjid qad rostlayotgan edi. Buzib taşlangan qadimiy masjiddan çiqqan yoğoç şiftlar bir tomonga taxlanib, yomğir tuşmasligi uçun ustiga sellofan örab qöyilgan.

Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev

Qadimiy Xöja Porso masjidining nima sababdan buzib taşlangani haqida mahalla ahlining fikrlari bilan qiziqdik. Şu mahallada yaşovçi Ğulomjon Madumarov masjid haqida bilganlarini sözlab berdi.

“Mustabid sovetlar davlati davrida islomga, dinimizga qarşi kuraş olib borilgan edi. Özbekiston hududidagi minglab masjidlar qatori Marğilon şahridagi masjidlar ham vayron qilindi, buzib taşlandi. Ayrim masjidlar ba'zi bir sabablarga köra saqlanib qolgan.

Saqlab qolinişga sabab şu bölganki, masjidlarni omborxonaga aylantirişgan, kimlardir yaşaydigan joy qilişgan. Qaysidir taşkilotlarni olib kelib qöyişgan.

Ğulomjon Madumarov
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev

Biz turgan joy qadimda Xoji Isaqboy masjidi deb nomlangan. Masjid bundan taxminan 150 yil avval qurilgan. Nima uçun masjid Xoji Isoqboy nomi bilan atalgani haqida tarixiy manba yöq.

Mana şu mahalla fuqarosiman. 74 yoşga kirdim. Masjidda 10-örta maktabning filiali bölgan. Bu yerda boşlanğiç sinflar öqigan. Men bu masjid örnidagi maktabda 1-sinfdan 3-sinfgaça tahsil olganman. Yonğinga qarşi köngillilar jamiyati (DPO) ham şu yerda joylaşgan edi.