Marğilonlik Anvar ota Ismoilov uçun qöli-qöliga tegmaydigan kunlar allaqaçon kelgan. Muborak Ramazon oyida qandolatçi boşqa işini yiğiştirib, nişolda tayyorlaşga ötadi. Tayyorlagan nişoldalari vodiy viloyatlaridan taşqari Toşkent va qöşni Qirğizistonda sotilyapti.

Qandolatçi otaxon nişolda nima uçun Ramazon oyida iste’mol qilinişi-yu, qanday tayyorlanişi haqida sözlab berdi:

“Nişolda tayyorlaşni 10 yaşarligimdan boşlaganman. Bu hunarni rahmatli otam örgatgan. Ramazonda nişolda bejiz iste’mol qilinmaydi. Oşqozonni töq tutadi, tanaga foydali. Hazm qilişda oşqozonga köp yordam beradi bu ne’mat. Umumiy qilib aytganda, nişolda tabiiy oqsil hisoblanadi. Nişoldaning tarkibi şakar, yetmak tomiri, tuxumdan iborat. 10 kg nişolda tayyorlaş uçun 10 kg şakar, 3 çinni kosada yetmak tomiri suvi va 10 dona tuxum sarflanadi. Yetmak tomirini qaynatib olib sariğidan ajratilgan tuxum oqi bilan qöşib, mis idişga solinadi va suyuqlik maxsus behi daraxti şoxidan tayyorlangan çilçöp bilan uriladi. Köpiklar kattalaşgaç, unga qiyom solinadi. Ma’lum bir jarayondan ötgan masalliqlar jamlanmasidan nişolda paydo böladi.

Texnika asrida yaşayapmiz. Avvallari nişolda faqat çilçöp bilan urib tayyorlanar edi. Endi esa turli dastgohlar çiqib ketdi. Köpçilik şu dastgohga ötib olgan hozir. Lekin çilçöpda urib tayyorlangan nişolda ta’mi baribir boşqaça böladi.

Nişoldalarimiz Farğona, Andijon, Namangan, Toşkent, hatto qöşni respublikalarga ham ulgurji narxlarda sotilyapti. 60 yoşni qarşi olyapman. Yaratgan muborak Ramazon oyida kuç-quvvat berib turibdi. Nişoldalar tayyorlab, xalqimiz duosini olib yuribmiz, şukrlar bölsin”, deydi Anvar Ismoilov.

Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajçi – Sardor Mamirov.