Xatirçi tumanida portlatiş qurilmasini yasagan şaxsga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Hukmda keltirilişiça, 2025 yil 14 yanvar kuni Xatirçi tumani IIB hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Unda tumanning Baxşijar mahallasida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan Ş.N. öz uyidagi sandiqda qölbola usulda yasalgan 3 dona portlovçi qurilmani saqlab kelayotgani aniqlangan.

Ma’lum bölişiça, Ş.N. uşbu portlovçi qurilmalarni 2024 yilning mart oylarida internetda köriş orqali yasagan. IIV EKBMning 2025 yil 20 yanvardagi portlaş texnikasi ekspertiza xulosasiga köra, topilgan qurilmalar “elektr çölğamlik portlatiş qurilmalari” bölgan.

Ş.N. sudda portlovçi qurilmalarni oltin konini portlatiş maqsadida yasaganini bildirgan.

“2024 yil mart oylarida tarkibida oltin zarralari böliş mumkin bölgan toşlarni qazib oliş maqsadida Oltinsoy qişloğining daşt hududidagi konga borib turardim. Toşlarni qazib oliş juda qiyin edi. Şunda konlarda toşlarni maydalaş uçun portlovçi moddalardan foydalanilişi haqida eşitdim.

Söngra internet tarmoğidan qölbola usulda portlovçi modda tayyorlaş usulini körib örgandim. Uyimda ança yillardan qolib ketgan porox, qişloq xöjaligida foydalaniladigan öğit va 3 dona elektr kabelidan foydalanib, ularni skotç yordamida birlaştirgan holda portlovçi qurilma yasadim. Lekin uni biror marotaba ham işlatmadim. Çunki şundan keyin biror marotaba konga bormadim. Toşkent şahriga ketib, qurilişlarda işlab yurdim. Qurilmalarni esa uydagi sandiqqa solib qöydim”, degan erkak öz körsatmasida.

Şuningdek, Ş.N. portlovçi qurilmalarni yasaşda unga heç kim yordamlaşmaganini ma’lum qilgan hamda suddan yengillik söragan.

Jinoyat işlari böyiça Xatirçi tuman sudining 2025 yil 9 apreldagi hukmiga köra, Ş.N. Jinoyat kodeksining 248-moddasi (öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.