11:11 / 01.04.2023
22263

Mart oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi 

Mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgan. 

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 11,7 foizga yetdi. 

2023 yilning mart oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,6 foizga oshgan.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,7 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish 0,4 foizga oshgani kuzatilgan.

Top