O‘zbekiston | 12:11 / 14.06.2023
13876
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda elektriklar madaniy meros obektiga 93 mln so‘mlik zarar yetkazdi

Yakkabog‘ tumanidagi “Chillamazortepa” arxeologiya obekti elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari tomonidan transformator o‘rnatish maqsadida kovlangan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Bosh prokuratura Qashqadaryo viloyatida joylashgan madaniy meros obektiga zarar yetkazilgani haqida xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumanida o‘tkazilgan tadbirda tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari tomonidan madaniy meros obekti sifatida ro‘yxatga olinib, davlat muhofazasida bo‘lgan “Chillamazortepa” arxeologiya obektiga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlangan. Mazkur arxeologiya obekti VI—XII asrlarga oid hisoblanadi.

Elektriklar tomonidan transformator punktini o‘rnatish maqsadida yodgorlikning 3,75 m3 hajmdagi qismi noqonuniy ravishda kovlanib, madaniy meros obektiga 93 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani elektr ta’minoti mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid