Samarqand viloyati Madaniy meros boşqarmasi tomonidan örganiş işlari davomida Jomboy tumanida joylaşgan «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga zarar yetkaziş holati aniqlandi.
Uşbu yodgorlik Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy meros köçmas mulk obektlari milliy röyxatini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori bilan davlat himoyasiga olingan.
Örganiş natijasida arxeologik yodgorlik ğarbiy tomonidan uzunligi 120 metr, eniga 1,5 metr va balandligi 1 metr, umumiy hajmi 180 metr kub tuproq tekislanib olingani aniqlandi. Hududiy boşqarma tomonidan tuproq qazib oliş jarayoni töxtatilgan va javobgarlarga nisbatan ogohlantiriş berilgan.
Arxeologiya obektiga yetkazilgan zarar miqdori 4.3 mlrd söm etib belgilandi va holatga huquqiy baho beriş uçun hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etildi.

















