«Qazilma boyliklar ustiga joylashib olishgan» - Chustdagi qishloq ahli portlatmaslikni so‘ramoqda, sement zavodi ko‘chib ketishni taklif etmoqda
Namangan viloyati Chust tumani Qoraqo‘rg‘on qishlog‘i ahlini bir muammo qiynamoqda. Namangandagi sement zavodi uchun shu qishloq yaqinidagi konlardan portlatish yo‘li bilan xomashyo qazib olinmoqda...
Ushbu qishloqda Kun.uz ijodiy jamoasi avval ham bo‘lgan: «Qishloqda bir tun» loyihasi tasvirga olingan edi.
Qoraqo‘rg‘on hududidagi yaqinidagi tog‘lar qurilish mahsulotlari va xomashyosiga boy. Namangandagi ikki sement zavodi ham ayni kunlarda mahsulot ishlab chiqarish uchun mana shu yerdan xomashyo qazib olmoqda. Qazish ishlari esa portlatish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Mana shu jihat mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Mahallada yashovchi Abdurasul Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, portlatish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ko‘plab tashkilotlarga, shu jumladan, prezident portaliga ham murojaat yo‘llangan. Lekin biror natija bo‘lmagan.
Qoraqo‘rg‘on mahallasi 2020 yilda «Obod qishloq» dasturiga tushgan edi. Dastur ijrosi davomida yo‘llar asfaltlanib, soz holga keltirilgandi. Tsement zavodlari kon ishlarini boshlaganidan so‘ng, og‘ir yuk yurtgan mashinalarning muntazam qatnovi tufayli yo‘llar abgor holga kela boshlagan.
Portlatish ishlari davrida ko‘plab fuqarolarning uylariga zarar yetgani ham ta'kidlanmoqda. Yangi ta'mirlangan uylarda yoriqlar ham paydo bo‘lib qolgan.

Mahallada yashovchi Muhabbat Qobilovaning so‘zlariga ko‘ra, yosh bolalarda qo‘rquvdan duduqlanib qolmoqda, kelinchaklar farzandini muddatidan avval dunyoga keltirishmoqda. Hududda onkologik kasalliklar ham sezilarli ko‘paygani aytilmoqda. Bunga sabab qilib tog‘ jinslari orasida uran moddasi borligi ko‘rsatilmoqda. Albatta, bular hozircha puxta o‘rganilishi talab etiladigan jiddiy taxminlar.
Muammoni mutasaddilarga yetkazish va hal etish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ham bir necha bor murojaat xatlari yozgan.
Murojaatni o‘rganish davomida mahalla raisi Zarifjon Xidirov tomonidan Namangan sement zavodiga yozilgan xatga qaytarilgan javob xati e'tiborni tortdi. Xatda aytilishicha, hududda yashovchi aholini boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha mahalliy hokimiyatga taklif yuborilgan va bu masalada mahalliy aholi huquq-tartibot organlariga murojaat qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holatga Namangan sement zavodi mutasaddisi Asadillo G‘aybullayev izoh berdi.

G‘aybullayevning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda aholini xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha mahalliy hokimiyat tomonidan va'da berilgan. Uning aytishicha, aholi qazilma boyliklari joylashgan hududga joylashib olgan.
«Agarda buni bugun biz olmasak, ertaga boshqasi oladi», — deydi «Namangan sement» MChJ ish yurituvchisi.
Bir tarafdan, yerosti boyliklarini olish, uni qayta ishlash va davlat iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shish — bu yaxshi ish. Lekin aholini «tog‘oldi hududlariga o‘tirib olgan», deb ayblash, qadimdan ota-bobolari yashab kelgan o‘troq aholiga bunday ayb tirkash biror-bir qolipga to‘g‘ri kelmasa kerak.
Uning ustiga, 2022 yilda buzish ishlari boshlanishi ham aytib o‘tildi. Ko‘chirish ishlarigacha aholi shu tarzda yashaydimi? Ko‘chirish ishlari kimning hisobidan bo‘ladi? Tsement zavod vakili nimadandir yordam bera olishini aytmoqda. Demak, ko‘chirish ishlari ham kimning hisobidan va qachon amalga oshirilishi va qay tartibda bo‘lishi aniq emas.
Eng qizig‘i, portlatilib xomashyo qazib olish ishlari olib borilayotgan yerdan uncha uzoq bo‘lmagan hududda suv ombori joylashgan. Lekin «Namangan sement zavodi» MChJ ish yurituvchisining so‘zlariga ko‘ra, seysmik holat suv omboriga ta'sir o‘tkazmaydi.
Aslida, Qoraqo‘rg‘on aholisining xomashyo olinishiga hech qanday qarshiligi yo‘q. Faqat kon ishlarini zamonaviy xavfsizlik talablariga rioya qilinib, seysmik holatni inobatga olib, aholi xonadonlariga zarar yetkazmaydigan holatda amalga oshirishni so‘rashmoqda, xolos.
Bu holatga tegishli mutasaddi tashkilotlar ham e'tibor berishadi, degan umiddamiz.
Ushbu maqola e'lon qilinishi arafasida sement zavodi qishloq yo‘llarini ta'mirlash ishlarini boshlagani haqida xabar yetib keldi. O‘ylaymizki, qishloq ahlini qiynayotgan va ularga noqulaylik tug‘dirayotgan qolgan muammolar ham o‘z yechimini topadi.
Tohirjon Tursunov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirchi: Boymirza Xalilov.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35
-
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 21:06
-
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti
O‘zbekiston | 19:32
-
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi
Jahon | 19:21
Mavzuga oid

14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi

12:29 / 27.08.2024
Insofsiz raqobatda ayblangan sement zavodi 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi

19:54 / 19.06.2024
Namanganda opa-singilni sel vaqtida devor bosib qoldi

12:02 / 18.06.2024