“Tumorov Karimboy” fermer xöjaligi rahbari Alimardon Tumorov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojatida 30 gektar yerda şaxsiy mablağ va urinişlari evaziga yetiştirilgan buğdoyni örib ola olmayotgani – dalasiga kombayn kirita olmayotgani, mahsulotni mahalliy “Art soft cluster”ga topşirişga majburlaşayotganini aytgan.
Fermerning aytişi böyiça, mahalliy “Art soft cluster” korxonasi bir neça yil davomida öz majburiyatlarini bajarmay kelgan. Şu uçun fermer bu korxona bilan şartnoma tuzmagani, bundan keyin ham tuzmasligini ta’kidlaydi.
Ayni damda fermer barça soliqlarni tölab qöygani, barça agrotexnik tadbirlarni öz hisobidan amalga oşirganiga qaramasdan, hosilini yiğib ola olmayotgani sababidan kasod bölayotganini, işçilariga haqini bera olmayotganini aytadi.
Özbekistonda ğalla örimi mavsumi davom etarkan, qonunlarda mustaqil faoliyat yuritişi belgilab qöyilgan fermerlar faoliyatiga aralaşuvlar bu yil ham közga taşlanmoqda.
Avvalroq IIB xodimlari Qaşqadaryoning Kökdala tumanida fermerning daladasidagi ğalla örimini töxtatib qöygan, Xorazm viloyati Urganç tumanida dehqon yetiştirgan buğdoyini mahalliy klasterga topşirişga majburlangan edi.
Muallifdan
Qişloq xöjaligida oxirgi yillarda yuz berayotgan özgarişlar sohada mutlaqo özgaça muhitni yaratdi. Asosiysi – dehqon-fermerlarda oz bölsa-da EGA hissi paydo böla boşladi. Bu esa, aminmanki, özgarişlarning asosiy natijasi, çunki aynan turli mansabdor-u idoralar aralaşuvi oqibatida yuzaga kelgan EGASIZLIK yerlarimizning holati yomonlaşişiga, köplab yerlar yaroqsiz holga kelişiga sabab böldi. Bu – oçiq-oydin haqiqat. Ammo...
Kimdir bu ijobiy jarayonni atay diversiya qilayotgandek... Yöqsa, şunça urinişlar evaziga yuzaga kelayotgan, yerning nihoyat EGALIK bölişiga içida ezgu niyati bor kim ham tösqinlik qilardi?
Şokir Şaripov
Kun.uz
















