Bu safargi bir tun Namangan viloyati, Çust tumanining çekka qismida, qöşni Qirğiziston bilan çegarada joylaşgan «Qoraqörğon» mahallasida ötdi.
Bu mahallada bugungi kunda 420 nafar qirğizlar, 600 nafar tojiklar, 3335 nafar özbeklar istiqomat qiladi. Qisqaça qilib baynalmilal mahalla desa ham böladi. Mahalla aholisi dehqonçilik, boğdorçilik hamda çorvaçilik bilan şuğullanadi.
Şu yerda yaşovçi Komiljon Matqulovning uyiga taşrif buyurişimizdan ozgina ötib, elektr ta'minotida uziliş röy berdi. Mezbonning qölbola fonaridan foydalangan holda suhbatni davom ettirdik.
Noyob quşlarni boqiş Komiljon akaning sevimli maşğuloti ekan. U qişloq şaroiti bölişiga qaramay, uyida köplab sayroqi quşlarni parvarişlaydi.


Uy egalari xonadonni isitiş uçun asosan kömir yoqişadi, Qirğizistondan keltirilgan kömir ham ovqat pişiriş, ham çoy qaynatişga asqatar ekan.

Uy bekasi Jirğalbu Mirzaaxmetova biz uçun oşni öşa kömirdan yoqib damladi.
Asli Qirğizistonda tuğilgan Jirğalbu Mirzaaxmetova şu yil Özbekiston fuqaroligini olgan. Uning aytişiça, özi va qizlari hozirda işsiz. «Agarda mahallada birorta tikuvçilik sexi yoki fabrika bölganida jon deb işlagan bölar edik», – deydi uy bekasi.

Ha, aytgança, çiroq 30 daqiqalar içida yondi. Bu qişloqda qiş mavsumida har kuni kuzatiladigan holat.
«Qoraqörğon» mahallasi «Obod qişloq» dasturiga kiritilgan. Komiljon akaning aytişiça, içimlik suvidan boşqa muammolarda işlar oxiriga yetkazilgan. Birgina içimlik suvi masalasi hal etilmagan. Hozirda aholi ariq hamda buloq suvidan iste'mol qilib yaşamoqda.
















