“Ovozga qarab sakraşni örganaman deb, 4-5 marta oyoğim gips qilingan” — qat'iyatli Asila
Asila Mirzayorova soğlom, bolaligidan turli sport va musiqa tögaraklariga faol qatnaşadigan qiz edi. U 9-sinfni tugatayotgan paytda oromgohda koptokdan kuçli zarba oladi va köz pardasi köçişi sodir böladi. Bir yil davomida şifoxonama-şifoxona yuriş foyda bermaydi, Asilaning közi kundan kunga xiralaşib boraveradi.

“Para yengil atletika bilan 5 yildan beri şuğullanaman. 2016 yilda Rioda bölib ötgan Paralimpiya öyinlaridan söng men ham Paralimpiya öyinlarida qatnaşaman va medal olaman, deb qat'iy niyat qilgandim.
Dastlab, murabbiyim – yengil atletika böyiça Özbekiston milliy paralimpiya jamoasi boş murabbiyi Sardor aka Abduxoliqovning yoniga borib, meni jamoasiga olişini söraganimda, u: “Taşqi körinişing umuman sportçilarga töğri kelmaydi, lekin jasorating sabab seni, albatta, çempion qilaman”, degandi. Şundan söng şuğullanişni boşlaganman.



Boşida uzunlikka sakraş men uçun juda qiyin bölgan. Sababi ovozga qarab sakraşdan juda qörqqanman. 4-5 marta yiqilib, oyoğim gips bölgan. Boşqa sakramayman deb tuşkunlikka tuşgan paytlarim ham bölgan”, – deydi para yengil atletika böyiça Tokio öyinlari kumuş medali sohibi Asila Mirzayorova.
Öz ustida tinimsiz işlaş natija körsatib, Asila ketma-ket yutuqlarga erişa boşlaydi. U birinçi iştirokidayoq Paralimpiya öyinlari çempioni böldi.
Asilaning onasi Dilfuza Hasanova butun oila qizini doimiy ravişda qöllab-quvvatlaganini bildirib, boşqa ota-onalarga ham şuni maslahat berdi.

























