22 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida bölib ötgan tadbirda para yengil atletika böyiça paralimpiya çempioni Asila Mirzayorova Agentlikning nogironligi bölgan şaxslar huquqlarini himoya qiliş böyiça Maxsus vakili sifatida taniştirildi.
«Agentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya çempioni qizimiz kelib qöşildi. Biz Asila bilan Parijda birga işlaşni niyat qilgan edik. Bugun şu niyatimiz amalga oşdi: Asila Mirzayorova Agentlik Maxsus vakili böldi. Agentlik oilasiga xuş kelibsiz Asila! Asila juda kuçli va aqlli qiz. Asila Nogironligi bor şaxslar huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Asila kabi çempion qizlarimiz bor. Men işonaman: biz yanada kuçli böldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!» – dedi Şahnoza Mirziyoyeva.
Tadbirda sözga çiqqan paralimpiyada çempioni bildirilayotgan yuksak işonç uçun öz minnatdorçiligini bildirib, agentlik maxsus vakili bölişga rozi bölganining sababini quyidagiça izohladi:
«Men uçun nogironligi bölgan şaxslar huquqlarini himoya qiliş böyiça maxsus vakil sifatida iş boşlaş katta şaraf va mas’uliyat. Bu vazifa menga nogironligi bölgan insonlar huquqlarini himoya qiliş va teng imkoniyatlar yaratişga öz hissamni qöşiş imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportçisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy tösiqlarni qanday yengişni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli a’zosi bölişi kerak, deb işonaman», - deya ta’kidladi paralimpiyada çempioni.
Öz örnida Asila Mirzayorova, maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratişda öz hissasini qöşişidan mamnunligini alohida qayd etdi.












