Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat bojxona qo‘mitasi ishga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona idoralariga xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini e'lon qildi.
Bojxona organlarida xizmat qilish istagidagi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- yoshi 30 dan oshmagan o‘g‘il bolalar;
- oliy ma'lumotli (iqtisodiy, moliyaviy, yuridik, buxgalteriya, bank, bojxona ishi, savdo, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari, kimyo, fizika, matematika, xorijiy tillar);
- jismonan sog‘lom;
- teran dunyoqarashli, O‘zbekiston va jahon tarixi, adabiyotini, jahon geografiyasini biladigan, dunyodagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlardan boxabar;
- xarakter jihatan bosiq, yuksak axloq, odob va muomila madaniyatini o‘ziga singdira olgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (harbiy kafedra, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi);
- harbiy xizmatga ruhan va jismonan tayyor, respublikaning har qanday chegara hududlarida xizmatni davom ettirish shartiga tayyor;
- bojxona xodimi degan nomga dog‘ tushirmaydigan, xizmatni vijdonan va halol olib boradigan.
Chet tillaridan birini biladigan (asosan ingliz va rus), texnik vositalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan hamda davlat idoralari, vazirlik va tashkilotlarda faoliyat olib borayotganlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Bojxona xodimining asosiy vazifasi – O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish, bojxona sohasiga oid huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirish, fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirish, bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yishdan iborat.
Nomzodlar quyidagi tanlov bosqichlaridan o‘tkaziladi:
- dunyoqarashi, egallagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim saviyasini baholash bo‘yicha kollegial suhbat;
- diktant;
- jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov;
- harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik.
Mazkur talablarga javob beradigan va bojxona organlari xizmatiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar har kuni soat 9.00dan soat 18.00ga qadar Davlat bojxona qo‘mitasining barcha hududiy boshqarmalarining Kadrlar bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Nomzodlardan murojaatlarni qabul qilmaslik, sababsiz qaytarish holatlari yoki boshqa ta'magirlik holatlariga yo‘l qo‘yilgan holatlarda Davlat bojxona qo‘mitasining 0371-120-76-33 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi.
Mavzuga oid
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
15:02 / 23.12.2025