Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda yana 400dan ortiq yangi kasallanish holati qayd etilib, pandemiya boshidan buyon qayd etilgan holatlar soni 94 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 8 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 94397 (+419) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 7 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 81 nafari Samarqand viloyatida,
- 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 15 nafari Xorazm viloyatida,
- 72 nafari Toshkent viloyatida,
- 192 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
- Namangan viloyatida 3 nafar,
- Samarqand viloyatida 61 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 19 nafar,
- Xorazm viloyatida 17 nafar,
- Toshkent viloyatida 49 nafar,
- Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90053 (+350) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3682 nafar bemor davolanmoqda.