Ta'lim va tarbiyaning örtasida oçiq-oydin farq bor. Ta'lim, tarbiyaning bir juz'idir. Tarbiya esa ta'limni öz içiga oladi, aksinça emas. Demak, tarbiya öz-özidan ta'limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma'nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson şaxsiyatini barpo qiliş va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni öz içiga oladi. Bu Ummat.uz yozmoqda.
Zotan, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qiliş uçun yaratgan. Demak, u özining vazifalarini ado etişi uçun har taraflama komil va yetuk bölişi kerak. Buning uçun esa bizning dinimiz Islomda barça körsatma va imkoniyatlar mavjud. Eng asosiysi, inson özining oldiga qöyilgan vazifalarni bajariş asnosida doimiy holda Allohga yuzlanib turişi tarbiyadir.
Yuqorida aytib ötganimizdek, ta'lim komil tarbiyaning bir juz'idir. U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallaştiradi. Natijada u öz hayotida kerak böladigan ilmu ma'rifatni aşyolar töğrisidagi turli ma'lumotlarni, kasbiy mahoratini yoki kasb va hunarlarga tegişli bölgan fanlarni örganadi. Lekin tarbiyaga öxşab keng qamrovli böla olmaydi. Çunki ta'lim insonni ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Şuning uçun ham ta'lim va tarbiya doimo birga bölişi talab etiladi. Bu haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi şariflari orqali ham bilib olişimiz mumkin.
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo Men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli yerga yoqqan yomğir kabidir. Yerning ba'zi joyi yaxşi ekan, suvni qabul qilib, köplab nabotot va ösimliklarni östiribdi. Uning ba'zi joylari qattiq ekan, suvni tutib qolibdi. Bas, u bilan Alloh odamlarga manfaat beribdi. Ular undan içibdilar, suğoribdilar va ekin ekibdilar. Yerning ba'zi joylari silliq ekan. Suv tutmas va ekin ham östirmas ekan. Ana öşa xuddi Allohning dinida faqih bölgan kişiga öxşaydi. Alloh men ila yuborgan narsa unga manfaat beribdi. Özgalarga örgatibdi. Boşqasi öşa narsaga e'tibor bermagan kişiga öxşaydi. Yana biri esa, men ila yuborilgan Allohning hidoyatini qabul qilmagan odamga öxşaydi», dedilar». Ikki Şayx rivoyat qilişgan.
Imom Qurtubiy (r.a) «Nabiy sollallohu alayhi vasallam özlari orqali yuborilgan hidoyat va ilmni insonlar bir qöltim suvga muhtoj bölib turgan holatlarida yuborilgan yomğirga öxşatdilar.» Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuborilişlaridan avval insonlar ana şunday muhtoj va noçor holda edilar. Osmondan yoqqan yomğir ölik yerlarni tiriltirganidek diniy ilm va körsatmalar ölik qalblarni tiriltirdi. Söngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eşituvçilarni yomğir yoqqan har xil yerlarga öxşatdilar. Ularning ba'zilarini ilmga amal qiladigan olim hamda muallim, xuddi unumdor yer örnida kördilar. Suvni içadi, özi foydalanadi va ösimliklar östirib boşqalarga ham foyda keltiradi. Ba'zilari esa zamonasidagi barça ilmlarni egallaydi, lekin unga amal qilmaydi yoki unga muvofiq hayot keçirmaydi. Boşqalarga esa yetkazadi. Bu kişilar suvni özida saqlab qolib odamlar undagi suvdan foydalanayotgan yerga öxşaydi.
















