Yiliga 80 mingtadan xonadon qurishimiz zarur – prezident
Mamlakat aholisi kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilayotgani, turar joyga bo‘lgan talab qondirilishi zarurligi qayd etildi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/BVF9CTz8sW3CHbUKLhf0UVQBT8nF1AjL.jpg)
2 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda aholini sifatli uy-joy bilan ta'minlash hamda ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasi muhokama qilindi.
«Bu ikki masala ham juda muhim. Ikki sohada ham ko‘p yillar davomida muammolar yig‘ilib qolgan. Partiyamiz «Inson qadri uchun» uchun shiori bilan chiqdi, saylov oldidan ko‘p va'dalar berdik. Odamlar saylovlarga umid bilan chiqishdi, kelgusi 5 yilda yaxshi, xalqchil loyihalar kutishyapti.
Bugungi ikki masalaning barchasi joylardagi rahbarlarga bog‘liq. Sababi, zarur pullar ajratildi, uylar qurilishi bilan ipoteka dasturi ham yaratildi.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joylar barpo etildi. Bu raqam oldingi yillarga solishtirganda 10 martadan ham ko‘p. Bu ko‘p albatta, lekin yetarli bo‘lmayapti.
Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikohlar qayd etilmoqda, aholimiz kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 30 yilda Namangan, Termiz va Xonobod shaharlari aholisi 2 baravarga, Qarshi, Jizzax, Marg‘ilon, Nukus, Andijon, Zarafshon va Quvasoy aholisi 1,5 baravarga o‘sgan.
Samarqand va Namangan shaharlari aholisi 1 milliondan oshadi. Bularni inobatga olib, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurishimiz zarur.
Aytish joizki, joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida har bir hududda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan «Yangi O‘zbekiston massivlari»ni barpo etish, bu orqali kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod xonadonlar qurishni reja qilganmiz.
Eng avvalo, «Yangi O‘zbekiston massivlari» kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etiladi. Bu nima degani? Bunda har bir massivga ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat ko‘rsatish obektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
Ilon Mask «Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt» - Grok 3ʼni taqdim etdi
Fan-texnika | 17:29 / 18.02.2025
Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda
O‘zbekiston | 17:25 / 18.02.2025
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
Jamiyat | 11:34 / 09.12.2024
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 00:21
-
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi
Jahon | 00:09
-
AQSh vitse-prezidenti Zelenskiyga Trampni tanqid qilmaslikni maslahat berdi
Jahon | 23:49 / 19.02.2025
-
Immigratsiyani taqiqlash Yevropa aholisining 30 foizdan ortiqqa qisqarishiga olib keladi
Jahon | 23:11 / 19.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/h8OZEvPfCjWWHwMEHYsOYEZxwUiG4obq_medium.jpg)
18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work and Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/y9WpcUU4w4ljeEakLIiSI-WY1KYXWp_N_medium.jpg)
16:26 / 07.12.2024
Navoiyda 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari urug‘i sepiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/vta9msW60pc9YNP4K8q9GonNtW2UbMI-_medium.jpeg)
22:08 / 06.12.2024
Prezident Chimyonda kapsula uylardan iborat dam olish maskanini ko‘zdan kechirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/NRjijUCGdEGyOZJHQb-TmozM50cFdn5P_medium.jpg)
20:11 / 06.12.2024