Nogironligi bor shaxslarga nafaqa tayinlashdagi adolatsizlikka barham berildi
Aprel oyidan boshlab, nogiron bo‘lib qolish muddatidan qat’i nazar, barcha nogironligi bor shaxslarga bir xil miqdorda nafaqa to‘lanadi. Nogironlik pensiyalari miqdori nogironlik nafaqasi bilan tenglashtiriladi. Doimiy parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi shaxslarga yangi nafaqa joriy etiladi.

Foto: Fotolia
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi yondashuv joriy etilmoqda.
Moliya vazirligining xabar berishicha, 17 fevral kuni bu borada prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2022 yilning aprel oyidan boshlab:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadigan nafaqalarning miqdorlari birxillashtiraladi;
- doimiy parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi shaxslarga yangi nafaqa joriy etiladi.
Moliya vazirligining izohlashicha, o‘zgarishlar nogironlik nafaqalari tayinlash tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy adolatli tizimni yaratish maqsadida qilingan.
Birinchidan, oldingi tartibda nogironlik nafaqalari turlarining miqdorlarida keskin farqlanish mavjud bo‘lgan. Xususan, bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslarga 622 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lab berilgan. Ammo, hayoti davomida nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga tayinlanadigan nafaqa miqdori 440 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Ko‘rinib turibdiki, bir xil guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hayot davomida bir xil to‘sqinliklarga uchrasa-da, ularning daromad keltiruvchi faoliyatini yuritish imkoniyatlari bir xil cheklangan va sog‘lig‘i holatidan bir xil xarajatlar talab qilinsa-da, ularga har xil miqdorda nafaqa to‘lab kelingan.
Endilikda esa, nogiron bo‘lib qolishi muddatidan qat’i nazar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir xil miqdorda – 622 ming so‘mga teng nafaqa tayinlanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga asosan, 49 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nafaqa 41 foizga oshadi. Mazkur chorani amalga oshirishga 2022 yilga qo‘shimcha 81 mlrd so‘m ajratiladi.
Ikkinchidan, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qolish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdoridan past bo‘lgan nogironlik pensiyalari miqdori 622 ming so‘mgacha yetkaziladi.
Bunda, nogironlik pensiyasini oluvchi 133 ming nafar shaxsning pensiya miqdori o‘rtacha 29 foizga oshadi. Mazkur chorani amalga oshirishga 2022 yilda qo‘shimcha 140 mlrd so‘m Pensiya jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.
Uchinchidan, doimiy parvarishga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi ona(ota)larga minimal iste’mol xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda (500 ming so‘m) nogiron bola parvarishi uchun yangi nafaqa joriy etilmoqda.
Mazkur nafaqani joriy etishdan asosiy maqsad – doimiy parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oila a’zosini qo‘llab-quvvatlashdir. Nogironligi bo‘lgan farzandning parvarishlayotgan onalar daromad keltiruvchi faoliyatini yuritish imkoni bo‘lmaydi va shundan kelib chiqib bunday oilalarning ijtimoiy xatarlarga zaifligi oshib boradi. Yangi nafaqa joriy etilishi natijasida nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar kafolatlangan bazaviy daromad manbayi bilan ta’minlanadilar.
Mazkur nafaqa farmon bilan tasdiqlangan o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxatidan kelib chiqib tayinlanadi. Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga asosan, 30 mingdan oshiq nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qiluvchi onalar uchun davlat budjetidan 2022 yilda qo‘shimcha 157 mlrd so‘m ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

21:20 / 19.02.2025