Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda tahsil olayotgan, ko‘rish organlari va tayanch-harakat apparati kasalliklari bo‘lgan bolalarning oyiga 450 ming so‘mgacha miqdordagi transport xarajatlari qoplab beriladi.

Foto: AP
Vazirlar Mahkamasining "Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan jamoat transportida qulay muhit yaratish nazarda tutilgan.
Prezident huzuridagi Aholini ijtimoiy himoya milliy agentligiga 2025 yil 1 apreldan Toshkent, Andijon va Samarqandda, 2025 yil oxirigacha esa respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha loyihani pilot sifatida joriy etish topshirildi.
Loyiha doirasida ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlarda tahsil olayotgan ko‘rish organlari va tayanch-harakat apparati kasalliklari bo‘lgan bolalarga transport xizmatlari ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlaridan foydalanish uchun umumiy summa har bir ta’lim oluvchiga oyiga BHMning 1,2 baravari (hozirda 450 ming so‘m)dan oshmaydi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchilar tashuvchilariga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlar ko‘rsatuvchi agregatorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlaridan foydalanish uchun buyurtmalar transport xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlarining mobil ilovalari orqali beriladi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishi ustidan nazorat Agentlik huzuridagi "Axborot texnologiyalari markazi" DM Koll-markazi tomonidan ushbu xizmatdan foydalanuvchi shaxslar orasida so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjat bilan ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlarini taqdim etish va ko‘rsatilgan xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiyalar shaklida qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni aniqlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlari foydalanuvchilari ro‘yxatini shakllantirish;
- ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlaridan foydalanish xarajatlarini subsidiyalash tartibi.
"Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida transport xizmatlaridan foydalanuvchi ta’lim oluvchilar va ularning qonuniy vakillari (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar, tarbiyachilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatlari foydalanuvchilari ro‘yxati shakllantiriladi.
Transport xizmatlari quyidagi kasalliklari bo‘lgan o‘quvchilarga taqdim etiladi:
- bolalar tserebral falaji (BsF) (GMFCS tasnifiga ko‘ra 3-4-5 darajali);
- og‘ir aqliy zaiflik (F72);
- chuqur aqliy zaiflik (F73);
- bolalar autizmi (xulq-atvor buzilishlari va nazoratsiz harakatlar sindromi);
- Dyushenn miopatiyasi;
- orqa miya mushak atrofiyasi;
- orqa miya churrasi, quyi paraplegiya;
- ko‘rlik (amebiaz) (H54.1);
- tug‘ma nuqsonlar: anoftalm;
- ko‘ruv nervi atrofiyasi (H47.2);
- ko‘ruv nervi diski va makulaning yaqqol gipoplaziyasi;
- chala tug‘ilganlar retinopatiyasi;
- to‘r parda ko‘chishi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya aviakompaniyalari samolyot to‘xtashidan oldin o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi
Jahon | 15:55
-
Taganskaya uyushgan jinoiy guruhi rahbari 25 yilga qamaldi
Jahon | 15:43
-
Donald Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
Jahon | 15:27
-
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
Iqtisodiyot | 14:50
Mavzuga oid

20:18 / 12.05.2025
Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani xabar qilindi

21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda

16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda

14:37 / 03.05.2025