O‘zbekiston | 22:51 / 29.07.2018
207778
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda o‘qish qachon boshlanadi? Vazir oydinlik kiritmoqda

Maktabdagi o‘quv mavsumi har yili qanday boshlangan bo‘lsa, bu yil ham shunday bo‘ladi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov «Yangi Davr» informatsion dasturiga bergan intervyusida ma'lum qilgan. 

«Internetda mish-mishlar tez tarqaydi. Bular o‘rinsiz, ya'ni maktab har yili qanday boshlangan bo‘lsa, bu yil ham shunday bo‘ladi», deydi vazir. 

Vazirlik Matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, joriy yilda o‘quv mavsumining boshlanishiga doir o‘zgarishlar kutilmayapti. 

O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi rejalariga ko‘ra, O‘zbekistonda maktab direktorlarini saylaydigan Kuzatuv kengashlari paydo bo‘ladi. Kengashlar faol ota-onalar va maktabning muvaffaqiyatli bitiruvchilaridan shakllantiriladi.​

Mavzuga oid