Shavkat Mirziyoyev: «Kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o‘tkaziladi»
Senat binosida saylangan prezident Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq so‘zlamoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi. Ruxsatingiz bilan Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimiz yangi pog‘onaga ko‘tariladi. Bu borada millati, tili va dinidan qat'i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta'minlashga xizmat qiladigan “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratamiz.
Shu asosda mahalliy boshqaruv organlarining joylarda muammolarni hal etishdagi roli va mas'uliyatini yanada kuchaytiramiz. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o‘tkaziladi. Odamlar norozi bo‘lganida tumanga e'tiroz bildirmaydi, "Nimaga prezident bunga yo‘l qo‘ydi?" deydi.
Jamiyat boshqaruvining tayanch bo‘g‘ini bo‘lgan, islohotlar samarasi bevosita aks etadigan mahalla tizimini hokimliklar bilan bog‘lash maqsadida, har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Hokim yordamchisi yangi ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga mas'ul bo‘ladi. Mahalla raisi esa ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish, oila va mahallada sog‘lom muhitni shakllantirishga javob beradi.
Shu bilan birga, mahallalarda yoshlar masalalari bilan muntazam shug‘ullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakili ham bo‘ladi. Bundan tashqari, hokimliklar va mahallalarning moliyaviy imkoniyatini kengaytirish maqsadida, tuman budjeti qo‘shimcha manbalar bilan ta'minlanib, mahallaning alohida jamg‘armasi shakllantiriladi.
Navbatdagi muhim vazifamiz – markaziy idoralarni transformatsiya qilish orqali fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratishdan iborat. Buning uchun, eng avvalo, vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning tartibi, ularni bir-biridan farqlab turadigan mezonlar, tarkibiy tuzilma va shtatlarni belgilashga oid aniq talablar ishlab chiqiladi.
Shu asosda bir xil yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi. Markaziy idoralarning hududiy tuzilmalar bilan ishlash jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy etib, eskirgan byurokratik usullardan voz kechamiz. Bunda, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan mustaqil hal etish bo‘yicha vazirlik va idoralarning vakolatlari yanada kengaytiriladi.
Har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, Xalq qabulxonalari tom ma'noda xalq ovozini, jamoatchilik fikrini ifoda etadigan tuzilmaga aylanishi uchun qo‘shimcha huquqiy asoslar yaratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
Ilon Mask «Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt» - Grok 3ʼni taqdim etdi
Fan-texnika | 17:29 / 18.02.2025
Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda
O‘zbekiston | 17:25 / 18.02.2025
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
Jamiyat | 11:34 / 09.12.2024
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 00:21
-
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi
Jahon | 00:09
-
AQSh vitse-prezidenti Zelenskiyga Trampni tanqid qilmaslikni maslahat berdi
Jahon | 23:49 / 19.02.2025
-
Immigratsiyani taqiqlash Yevropa aholisining 30 foizdan ortiqqa qisqarishiga olib keladi
Jahon | 23:11 / 19.02.2025
Mavzuga oid

18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work and Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi

16:26 / 07.12.2024
Navoiyda 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari urug‘i sepiladi

22:08 / 06.12.2024
Prezident Chimyonda kapsula uylardan iborat dam olish maskanini ko‘zdan kechirdi

20:11 / 06.12.2024