O‘zbekiston | 17:24 / 29.12.2020
6246
3 daqiqa o‘qiladi

Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va parlament nazoratida bo‘ladi - Shavkat Mirziyoyev

Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va parlament nazorati ostida bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament va xalqqa murojaatida aytib o‘tdi.

Murojaatda hozirgi kunda davlat xaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnashayotgani, kelgusi yilda 24ta yirik davlat korxonasiga davlat xaridi bo‘yicha ochiq-oshkora talablar joriy etilishi ma'lum qilindi.

«Natijada mahalliy tadbirkorlarimiz har yili kamida 10 trillion so‘mlik mahsulotlarini ushbu korxonalarga sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament nazoratida bo‘ladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shartligini ta'kidlab o‘tdi.

«Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur. Korrupsiya o‘ta og‘ir jinoyat ekani va unga nisbatan murosasiz bo‘lish g‘oyasini farzandlarimizga yoshlik davridan boshlab singdirishimiz, ularga faqat halol mehnat va tadbirkorlik orqali daromad topishni o‘rgatishimiz lozim.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda barcha davlat organlarida qaror qabul qilish jarayonlari ochiq va faqat ochiq bo‘lishini ta'minlash hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Masalan, fuqarolarimiz joriy yildan boshlab, ochiq e'lon qilinayotgan davlat xaridlariga oid ma'lumotlardan foydalanib, o‘rinli masalalarni ko‘tarmoqda.

Moliya vazirligi uch oy muddatda davlat idoralari budjetdan tashqari jamg‘armalarining daromad va xarajatlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan tashkilotlar xaridlari, davlat subsidiya va grantlariga oid ma'lumotlarni e'lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.

Bundan tashqari, oxirgi ikki yilda hokimlarning 2,5 mingga yaqin qarori sudlar tomonidan bekor qilingani bundan buyon ularning qaror qabul qilishida ochiqlikni ta'minlash zarurligini taqozo etmoqda.

Shuning uchun, mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qo‘yish va e'lon qilish bo‘yicha elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bir oy muddatda ochiq e'lon qilinishi lozim bo‘lgan ma'lumotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha taklif kiritsin.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Ushbu tizim asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini, ma'naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi», dedi prezident.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda