15:07 / 21.12.2018
15724
Reklama

Metallurgiya sanoatida nima yangiliklar?

Mamlakatimizda metall sanoatiga e'tibor tufayli sohada katta yutuqlarga erishilmoqda. Bir vaqtlar metall mahsulotlari deyarli chetdan keltirilgan bo‘lsa, bugun tadbirkorlik rivoji, sanoat taraqqiyoti bilan o‘zimizda ham zamon talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zmetkombinat» AJning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zmetkombinat» AJni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «O‘zmetkombinat» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarishga «SFI Management Group» MChJ XK kompaniyasi jalb qilingani buning isbotidir.

Qarorga ko‘ra quyidagilar «O‘zmetkombinat» AJning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib hisoblandi:

·     Ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha yagona chuqur o‘ylangan texnik siyosatni amalga oshirish, zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, shuningdek, jamiyatning xomashyo bazasini kengaytirish;

·     Ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan, jamiyatning boshqaruv tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi bozorlarni egallash hisobidan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, mahsulotning tannarxini tushirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tizimli asosda olib borish;

·     Xomashyo bazasini kengaytirish, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni hisobga olgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirgan holda yangi yuqori texnologiyalar qo‘llanilgan ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, loyihani boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish yo‘li orqali ularni keyingi bosqichlardagi amalga oshirilishini tashkillashtirish;

·     Umumiy tuzilmani maqbullashtirish hamda tovarlar va xizmatlar importi hajmini qisqartirish maqsadida metallurgiya mahsulotlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish;

·     Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va ilmiy muassasalar bilan kooperatsiyani kuchaytirish yo‘li orqali muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;

·     Qattiq raqobat sharoitlarida jamiyatning samarali ishlashini ta'minlay oladigan, professionalizmning asoslangan yuqori darajalariga erishishda iste'dodli, rostgo‘y va vatanparvar yosh mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish orqali jamiyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash kabi bandlar belgilab berildi.

«O‘zmetkombinat» AJ «Qarshi ikkilamchi qora metall» MChJ ham mustaqillik yillarida tashkil etilgan korxona. Bugungi kunda korxonada «O‘zmetkombinat» AJ hamda uning ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarib kelayotgan«SFI Management Group» MChJ XK kompaniyasi tashabbusi bilan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan bir necha yil ilgari metall parchalarini qabul qilish uchun birgina uchastka mavjud bo‘lib, uzoq tumanlardan ushbu mahsulotni topshiruvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘dirar edi.Hozirda esa korxona tomonidan qora metall parchalarini topshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Kitob, G‘uzor, Muborak tumanlarida uchastkalar tashkil etildi. Bu esa oylik qora metall parchalarini qabul qilish hajmini qariyb 4 barobarga oshirdi.Qarshi, Muborak, Kitob tumanlarida qora metall parchalarini zichlovchi uskunalar o‘rnatildi. Buning natijasida, metall yuklanadigan vagonlar soni kamayib, yuklab jo‘natish hajmi oshishiga erishildi, qariyb 20 yildan buyon eskirib, ta'mirtalab bo‘lib qolgan Qarshi uchastkasidagi 2ta hamda Kitob uchastkasidagi 1ta maxsus yuklovchi kranlar joriy, G‘uzor uchastkasidagi 1ta kran esa kapital ta'mirlandi.

Bu ishlar natijasi o‘laroq, yangi ishchi o‘rinlar yaratilib, ishchilar soni 1.5 yilda 65 tadan 120 nafarga yetdi. «O‘zmetkombinat»AJ hamda uning ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarib kelayotgan «SFI Management Group» MChJ XK kompaniyasi tomonidan har tomonlama xodimlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar barchani mamnun etib, kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shmoqda.Ishchi xodimlar uchun mamlakatimiz bo‘ylab turistik sayohatlar uyushtirilishi va oylik maoshlarning oshganligi ular uchun yangi ishchi kiyim-kechaklar, maxsus himoya vositalari berilgani va o‘z sohalari bo‘yicha malakalarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ularni yanada ruhlantirmoqda.

70 o‘rinli ko‘rkam oshxona, ishchi xodimlar uchun yuvinish xonasi zamonaviy ta'mirlangan. Avtomobillar uchun to‘xtash joyi, korxonaning old qismi qariyb 300 metr asfalt qilingani, yon devorlar ko‘tarilib, joriy ta'mir ishlari olib borilgani, 1,5 km masofadan ichimlik suvi tortib kelingani telefon va internet liniyalari tortilgani, avvallari ish unumiga salbiy ta'sir qilgan mexanik tarozilarning elektron tarozilarga almashtirilgani hamda vagon elektron tarozisi yangitdan o‘rnatilganini keltirishimiz mumkin.

Jamiyat hududida 2 ta 10 sotixdan iborat issiqxonalar tashkil etilib, hozirda ushbu issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor mahsulotlarini xalqimiz dasturxoniga yetkazish maqsadi ko‘zlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 18 dekabrdagi «2018 yilda temir-tersak tayyorlash, qora metallar prokati ishlab chiqish va iste'mol qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «Ikkilamchi qora metallar» boshqarmasi tomonidan «O‘zmetkombinat» AJ bilan kelishgan holda 2018 yil davomida 70000 tonna (2017 yilda 45000 tn) ikkilamchi qora metallar topshirish rejasi belgilab berilgan bo‘lib, 2018 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra ushbu reja ko‘rsatkichi 67296,65 tonnaga yoki belgilangan rejani 96% bajarishga erishildi. Qabul qilingan qora metall parchalari jami 1480 ta vagonlarga yuklanib, «O‘zmetkombinat» AJ ga jo‘natilgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, «O‘zmetkombinat» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarishga «SFI Management Group» MChJ XK kompaniyasi jalb qilingani, ularning oqilona boshqaruvi hamda jamoa, ishchi xodimlarning fidokorona mehnatlari natijasida ish samarasi tubdan yangicha bosqichga ko‘tarildi va katta yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

«Qarshi ikkilamchi qora metall» MChJ

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top