Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan hududlar ma'lum qilindi
O‘zbekistonda aholi eng zich joylashgan hududlar ma'lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga 1 kvadrat kilometr maydonga to‘g‘ri keladigan aholi soni eng zich joylashgan hududlar quyidagicha:
- Toshkent shahrida – 7 554,4 kishi
- Andijon viloyatida – 741,4 kishi
- Farg‘ona viloyatida – 565,1 kishini tashkil etgan.
Bundan oldin, O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi ma'lum qilingandi.
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 77 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelgan.
Qayd etilishicha, 1991 yilda O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 46,1 kishi to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
14:41 / 21.01.2026
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari bor uy xo‘jaliklari ulushi oshdi
13:16 / 21.01.2026
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
14:22 / 20.01.2026
Statistika qo‘mitasi: pul o‘tkazish xizmatlari 8,7 foizga oshgan
12:10 / 20.01.2026