21:02 / 02.09.2021
5377

Irlandiya WhatsApp‘ga 225 mln yevro jarima soldi

Foto: Getty Images

Irlandiyaning ma'lumotlarni himoyalash bo‘yicha komissiyasi WhatsApp messenjeriga 225 mln yevro jarima soldi. Bunga kompaniya tomonidan Yevropaning “Ma'lumotlarni himoyalash haqidagi” qonunini buzgani sabab bo‘lgan. Messenjerning Yevropadagi bo‘limiga jarima u foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qanday yig‘ishi, Facebook va Instagram bilan ushbu axborotni qanday bo‘lishishi haqida yetarlicha ochiq-oydin ma'lumot bermagani uchun solingan. 

Qonun 2018 yilda kuchga kirgan bo‘lib, unda maxfiylik, foydalanuvchilar ma'lumotlarini saqlash borasidagi talablar belgilangan. Ushbu qonunni buzganlik uchun jiddiy jarimalar ko‘zda tutilgan. Biroq qonun kuchga kirgandan beri u bo‘yicha hali yirik jarimalar solinmagandi. Jumladan, 2020 yil dekabrda Irlandiya Twitter‘ni 450 ming yevro jarimaga tortgandi. WhatsApp‘ga solingan jarima esa ushbu qonunni buzganlik uchun solingan birinchi yirik jarima hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top