13:30 / 30.09.2021
2974

Beeline Uzbekistan: ta'lim – ijtimoiy investitsiyalar drayveri

Samarqand shahridagi 47-umumta'lim maktabi o‘quv yilini yangi formatda boshladi. Maktabning tantanali ochilish marosimida faxriy mehmonlar: holding direktorlar kengashi raisi Gennadiy Gazin, bosh ijrochi direktor Kaan Terzioglu, holding maslahatchisi Borich Tadich va Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovskidan iborat VEON kompaniyalar guruhining delegatsiyasi, shuningdek, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov ishtirok etdi.

Beeline Uzbekistan davlat dasturini amalga oshirishda ishtirok etib, o‘quv muassasasini jihozlashga 1 mlrd so‘m atrofida mablag‘ yo‘naltirdi. Buning natijasida maktab xonalari informatika, matematika, ingliz tili, kibersport va robototexnikaga ixtisoslashtirilib, keng va yorug‘ sinflar kompyuterlar bilan qayta jihozlandi.

Raqamli kutubxona o‘zining ilk o‘quvchilarini kutmoqda. Zamonaviy sinflar interaktiv sensorli doskalar, ekranlar va elektron tablo bilan ta'minlangan. Har bir o‘quv xonasiga videokuzatuv vositalari va konditsionerlar o‘rnatilgan.

Kompyuterlar o‘quvchilarga internetga kirishni ta'minlaydi. Endilikda maktab o‘quvchilari IT-loyihalar bilan jiddiy shug‘ullanishlari, xususan, IT-texnologiyalarni hamda katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlashni o‘rganishlari mumkin.

Yuqori martabali mehmonlar maktabda amalga oshirilgan keng ko‘lamli modernizatsiyalashtirish ishlari bilan tanishdilar hamda o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan muloqot qildilar.

“O‘zbekiston – bu jadal rivojlanib borayotgan jo‘shqin davlat. U kompaniya uchun strategik muhim mintaqa sanaladi. VEON mamlakatdagi ta'lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlayotganidan, qobiliyat sohiblarini maktabga qadam qo‘yishlaridan to kasb tanlashlarigacha bo‘lgan davrda rivojlanishida yordam berayotganidan, shuningdek, ishga joylashishda va Beeline Uzbekistan jamoasining a'zosiga aylanishda, jumladan, BeeLab IT-xizmatlar sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar markazida ishlashda ko‘maklashayotganidan faxrlanadi. Biz 2021 yil O‘zbekistonda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e'lon qilinganligini bilamiz. Keng ko‘lamli davlat dasturi ishtirokchisi bo‘lish va o‘sib kelayotgan avlod ta'limiga qo‘ldan kelgancha hissa qo‘shish biz uchun katta sharafdir. Zero aynan ta'lim bugungi kunda ijtimoiy investitsiyalar drayveri sanaladi”, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi VEON kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu.

Bu ta'lim dargohi rivojlanishiga kompaniya investitsiya kiritgan ikkinchi o‘rta umumta'lim maktabi sanaladi: Beeline Uzbekistan tomonidan joriy yil boshida o‘tkazilgan ta'mirlash va modernizatsiyalashdan keyin Jizzaxdagi maktablardan biri informatika va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan maktab maqomini oldi.

“Biz uchun bu – qiziqarli va muhim ijtimoiy loyiha. Samarqanddagi maktabni ta'mirga muhtoj bo‘lgan maktablar ichidan tanladik. Xodimlarimiz bu yerni modernizatsiya qilish jarayonini qat'iy nazorat qildi. Shu sababli, ish professional darajada va belgilangan muddatlarda bajarilgan, deb bemalol ayta olaman. Bu yerda yaratilgan sharoitlar bolalarga kelgusida o‘zlariga albatta kerak bo‘ladigan bilimlar va ko‘nikmalar olishda yordam beradi hamda ularni yetuk mutaxassislarga aylantiradi”, - dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.

Tadbir esdalik uchun an'anaviy suratga olish bilan yakunlandi. VEON delegatsiyasi qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilibgina qolmay, Samarqanddagi yangi Prezident maktabiga ham tashrif buyurdi.


«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi. VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan. Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz  

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top