2020 yilda abonentlar haftasiga taxminan 2 ming terabayt ma’lumot yuklab olgan bölsa, bugungi kunda haftalik trafik sarfi 23,6 ming terabaytdan oşib ketdi - bu beş yil avvalgiga nisbatan 11,3 barobar köp. 4G tarmoğining umumiy trafikdagi uluşi 2020 yildagi 57,7 % dan 2025 yilda 93,4 % gaça kötarildi.
Tarixiy rekord 2025 yil 10 iyulda qayd etildi: Beeline Uzbekistan tarmoği 3,98 million gigabayt ma’lumotni "uzatdi". Bu bir vaqtning özida 110 milliondan ortiq futbol öyinini 4K sifatida yoki 1,25 milliard filmni HD sifatida tomoşa qiliş uçun yetarli. Şu bilan birga, kompaniya bunday yuqori yuklamada ham tarmoqning işonçliligini namoyiş etdi.
Internetdan foydalanişning eng yuqori ösişi Qoraqalpoğiston Respublikasida kuzatilmoqda: 2 yil içida körsatkiç 2 barobardan ziyod oşdi. Bu Beeline Uzbekistanʼning mamlakatning barça hududlari tarmoğini rivojlantirişga qaratilgan strategiyasi samaradorligini isbotlaydi: 5 yil içida Qoraqalpoğistonda baza stansiyalari soni 23 barobardan köproqqa oşdi.
“Özbekistonda 4G tarmoğida mobil internet iste’molining jadal ösişi soha va bizdan, şu jumladan, infratuzilmani rivojlantiriş va innovatsiyalarni joriy etiş böyiça uzluksiz işlaşni talab qiladi. Bu keng kölamli ösiş bizning strategiyamizning bevosita natijasidir: tarmoqni nafaqat poytaxtda, balki mamlakatning eng çekka hududlarida ham rivojlantiriş. Biz Özbekistonning har bir fuqarosi qayerda yaşaşidan qat’i nazar, tezkor, barqaror va xavfsiz internetdan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi uçun harakat qilmoqdamiz”, — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Özbekistonda LTe tarmoğidan tobora köproq odamlar foydalana boşladi: foydalanuvçilar uluşi ikki yil içida 62,7% dan deyarli 70% ga oşdi. 2023 yildan beri bu foydalanuvçilarning eng katta ösişi Buxoroda kuzatildi, uning ösiş körsatkiçi hatto Toşkentni ham ortda qoldirdi. Bu tarmoqni keng kölamda modernizatsiya qiliş va mamlakatning janubi-ğarbiy qismida yangi baza stansiyalari (BS)ning faol qurilişi natijasidir: sönggi 5 yil içida Buxorodagi BS soni butun mintaqa böylab 10 baravardan köproqqa oşdi.
Mobil internetdan faol foydalanuvçi smartfon egalari soni ham sezilarli darajada oşdi: eng jadal ösiş Buxoro, Navoiy va Xorazmda qayd etildi. Bu hududlar sönggi 2 yil içida tezkor internetga ulaniş sur’ati böyiça Toşkentni ortda qoldirdi. Şunga qaramay, Toşkent LTe tarmoğidan foydalaniş böyiça ham (95%), smartfon foydalanuvçilari böyiça ham (68,64%) mutlaq yetakçi bölib qolmoqda.
Beeline Uzbekistan haqida












