11:13 / 01.12.2021
3669

Qatar Airways 17 yanvardan O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Qatar Airways aviakompaniyasi 2022 yil 17 yanvardan O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni boshlaydi, deya xabar berdi kompaniya.

Foto: Roslan RAHMAN / AFP

Parvozlar Airbus A320 samolyotlarida dushanba va juma kunlari Dohadan Toshkentga, seshanba va shanba kunlari esa qarama-qarshi yo‘nalishda amalga oshiriladi

Aviaqatnovlar biznes-klassda 12 va ekonom-klassda 120 o‘ringa ega Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. 

Qatar Airways aviakompaniyasi sentyabr oyida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Qatar Airways’ga 2021 yil 7 sentyabrda O‘zbekistonga Doha - Toshkent - Doha yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berilgan.

Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boing 777 va Boing 787 havo kemalarida amalga oshirishi aytilgandi.

Mavzuga oid
Top