13:24 / 11.03.2022
12036

Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalari yangidan tasdiqlangani munosabati bilan hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi.

Sherzod Karimov Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari - Ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi.

Doniyor Ermatov Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri sifatida ish boshladi.

Shahobiddin Musayev Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi.

Mavzuga oid
Top