20:04 / 20.01.2023
22401

O‘zbekistonda piyoz eksporti vaqtincha cheklandi

O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrotexnologiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov ma’lum qildi.

Ushbu qaror ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Bugungi kunda hududlarda jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi tasdiqlanmoqda. Bu esa joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, aholi iste’mol talabi doirasida mavjud zaxiraga qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan oldinroq anomal sovuq ob-havo ta’siri natijasida Toshkent shahridagi markaziy dehqon bozorlarida piyozning ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobarga qimmatlashgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top