Bir vaqtlar qimmat bölgan erta sabzavot ekini uçun ulgurji sotuvçilar har bir kilogrammga 10-12 sent tölayapti. Dehqonlar daladan jönatilgan mahsulot uçun undan ham kamroq pul olyapti. Boşqaça qilib aytganda, endi ulgurji bozorda 2024 yil hosilidan butun bir tonna piyozni atigi 100 dollarga sotib oliş mumkin, deb yozadi EastFruit.

Yangi hosil sifatida olingan piyoz narxi hozirda rekord darajada past ekani ajablanarli emas. Bir yil avval bir vaqtning özida piyoz uçun uç baravar, 2022 yilda esa bir vaqtning özida 2,2 baravar köproq pul tölangan. 

Özbekistonda 2023 yilgi hosildagi piyoz narxi hozir yangi hosildagi piyozga nisbatan qimmatroq. Şu bilan birga, ötgan yilgi piyoz narxi barqaror darajada qolmoqda, yangi hosil sifatida olingan piyoz esa arzonlaşmoqda. 

Tojikistonda, aksinça, erta piyoz narxi ötgan yildan biroz yuqoriroq. Biroq, ötgan yilgi piyoz arzonlaşmayapti, lekin «yangi» piyoz narxi pasayişda davom etmoqda. 

EastFruit dastlabki hisob-kitoblariga köra, Özbekistonda ham, Tojikistonda ham erta piyoz hosili nisbatan yuqori böladi, bu esa yaqin haftalarda narxlarning sezilarli darajada oşişiga umid bermaydi. Bozor iştirokçilari may oyi örtalarida kutayotgan eksportning biroz tiklanişi Markaziy Osiyo mamlakatlarida piyoz narxini barqarorlaştirişga yordam berişi mumkin. Biroq, avvalgi ikki mavsumdagi narxlarning takrorlanişini kutmaslik kerak.