14:23 / 28.01.2023
18578

Toshkentda yo‘lovchi avtobus dvigatelida yong‘in kelib chiqdi

Avtobusning motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun, haydovchi yo‘lovchilarni tushirib avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqqan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 28 yanvar kuni soat 10:50 da Yakkasaroy tumani «Qushbegi» MFY Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Mersedes-Bens» rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, haydovchi avtobusning motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun, yo‘lovchilarni tushirib avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqqan.

Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:58 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top