16:05 / 07.02.2023
12851

Buxoroda yonib ketgan kompressor stansiyasi qayta ta’mirlanmoqda

Stansiya ishga tushgach Buxoro, Navoiy hamda Samarqandda gaz yetkazib berish yaxshilanadi.

Foto: KUN.UZ

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasining “KS-1” kompressor stansiyasida 2022 yilning 11 iyun kuni katta yong‘in kelib chiqqan hamda buning oqibatida bino va muhandislik inshootlariga zarar yetgandi. “O‘ztransgaz” AJning xabar berishicha, hozirda mazkur kompressor stansiyasida qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Ma’lum qilinishicha, shu paytgacha stansiyaning poydevor qismi qurib bitkazilgan. Metall konstruksiyalarini montaj qilish ishlarida 60 nafarga yaqin mutaxassis mehnat qilmoqda. Quvurlarni ta’mirlash ishlari ham yakuniga yetmoqda va barcha gaz haydash agregatlari o‘rnatilgan.

Stansiya ishga tushgach Buxoro, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida tabiiy gaz iste’molchilariga gaz yetkazib berish yaxshilanadi.

Top