18:06 / 10.02.2023
8283

Dron olib kirish, saqlash va uchirishning jazosi yengillashishi mumkin

Jinoyat deb e’lon qilingan bu harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun jinoiy emas, ma’muriy javobgarlikka tortish tartibiga o‘tish taklif etilmoqda. Amaldagi jazo – 3 yilgacha qamoq.

Foto: Stas Etvesh

O‘zbekistonda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini birinchi marta sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilanishi mumkin.

2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, dekabr oyiga qadar tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Bu toifadagi huquqbuzarliklar uchun Jinoyat kodeksiga belgilangan sanksiyalarga muqobil jazo choralarini kiritish ham taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish 2019 yilda jinoyat deb e’lon qilingan. Buni sodir etganlarga 3 yilgacha qamoq jazosi beriladi.

Agar shaxs bu narsalarni o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Og‘irlashtiruvchi holatlardagi jazo esa – 3 yildan 10 yilgacha qamoq.

Mavzuga oid
Top