08:33 / 15.02.2023
10958

Bank hisobraqamlarini ochish tartibi o‘zgardi

Markaziy bank boshqaruvining “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Yo‘riqnomaga muvofiq:

  • ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda YaTTlarga bank hisobvaraqlarini 2023 yil 1 maydan boshlab, davlat ro‘yxatidan o‘tish jarayonida ham, faoliyati davomida ham bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishga ruxsat;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga faksimil imzodan foydalanishga ruxsat;
  • hisobvaraqni ochish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni elektron saqlash imkoniyati bo‘lganda, qog‘ozda saqlamaslik huquqi berilmoqda;
  • barcha jismoniy shaxslarga yagona identifikator – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JShShIR) asosida hisobvaraq ochilishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
Top