Vladimir Putin tergovçilar va suriştiruvçilarga sudgaça bölgan iş yuritiş doirasida gumonlanuvçilarning hisobvaraqlaridagi pul operatsiyalarini 10 kungaça muzlatib qöyişga ruxsat beruvçi qonunni imzoladi.

Davlat dumasi 22 iyulda va Federatsiya kengaşi 25 iyulda ma’qullagan hujjat Jinoyat-protsessual kodeksiga özgartirişlar kiritadi. Unga köra, huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvçining hisobraqamlaridan jinoyat sodir etişda foydalanilgan deb taxmin qiliş uçun asoslar mavjud bölsa, operatsiyalarni bloklaşi mumkin böladi.

Qonunda nazarda tutilgan 10 kunlik muddat ötganidan keyin hisobraqamni xatlovga oliş töğrisidagi masala sud tomonidan körib çiqiladi. Agar blokirovkani davom ettiriş uçun asoslar topilmasa, tergovçi öz qarorini bekor qilişi va bu haqda elektron pul mablağlari operatorini, ya’ni bankni xabardor qilişi kerak.

Şuningdek, qonun banklarga sörov olingan kundan boşlab uç kun içida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga moliyaviy ötkazmalar böyiça zarur ma’lumotlarni taqdim etiş majburiyatini yuklaydi. Agar sörov elektron şaklda yuborilsa, u holda 24 soat içida. Yangi qoidalar 1 sentabrdan kuçga kiradi.