15:44 / 17.02.2023
20444

Baxmutdagi vayrongarchiliklar va Xarkiv osmonidagi raketalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 358-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Volodimir Zelenskiy RF armiyasining Ukrainadagi bahorda boshlanishi kutilgan katta yurishi allaqachon boshlanib ketganini aytdi. «Rossiya hujumlari allaqachon bir necha yo‘nalishda amalga oshirilmoqda», — dedi Ukraina prezidenti. 
  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi. Bu hujumlardan keyin Moldovada raketa qoldiqlari topildi — bu urush boshidan buyon to‘rtinchi shunday holat.
  • Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvi amalga oshirdi: Rossiyaga 101 nafar harbiy xizmatchi, Ukrainaga — 100 nafar harbiy va tinch aholi vakillaridan bir kishi qaytdi.
  • Slovakiya parlamenti Rossiyani «terrorizmni qo‘llovchi davlat» deb tan oldi. Bunday qarorlar avvalroq Yevroparlamentda va YeIning ko‘plab mamlakatlarida ham qabul qilingandi.
  • Ukrainada beshinchi kundirki elektr energiyasi yoppasiga uzilmayapti. Rasmiylarning aytishicha, energiya tizimida quvvat zaxiralari paydo bo‘lgan.
  • Rossiyalik harbiylar Ukrainada aviatsiyadan yoppasiga foydalanishga qaror qilgan, bu haqda «Vajnyye istorii» RF mudofaa vazirligiga yaqin manbasiga tayanib xabar berdi. Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi baholariga ko‘ra, Rossiya Ukrainada urush boshidan buyon 130 ta harbiy samolyotini yo‘qotgan, lekin hamon 1500 ga yaqin samolyotga ega.
  • Yevroittifoq davlatlari elchilari hozircha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketi bo‘yicha kelisha olmadi. Politico manbalariga ko‘ra, kauchuk eksportini taqiqlash borasida kelishmovchilik bor.

Kun kadri. Baxmutdagi vayrongarchiliklar

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Baxmut shahrini 2022 yil yozi o‘rtalaridan buyon qamal qilmoqda. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov Rossiya bosqinchi qo‘shinlari keng ko‘lamli bosqin boshlanganiga bir yil to‘ladigan 24 fevralga qadar shaharni egallashga harakat qilmoqda. Ammo Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti tahlilchilariga ko‘ra, bu maqsad amalga oshishi dargumon, chunki ularning kuzatuvlariga ko‘ra, RF qo‘shini yurish sur’atlarini oshirmayapti — Ukraina qo‘mondonligi ham buni tasdiqlagan, aniqlik kiritishicha, dushmanning shturm harakatlari borgan sari kamaymoqda.

Rossiya mudofaa vazirligi ham har kungi brifingida Baxmutdagi yutuqlarni tilga olmagan, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin esa uning Baxmut yo‘nalishida harakatlanayotgan yollanma kuchlariga jangchilar yetishmayotgani va Rossiyadagi «dahshatli harbiy byurokratiya» tufayli XHK saflarini to‘ldirishda muammo yuzaga kelganini aytmoqda.

Baxmut atrofida janglar davom etarkan, shaharda olti mingga yaqin tinch aholi vakili qolishda davom etmoqda (urushga qadar shaharda 71 ming kishi yashagan). Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk aholini zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirdi va Baxmutda so‘nggi bir kunning o‘zida besh kishi halok bo‘lib, yana to‘qqiz kishi yaralanganini qo‘shimcha qildi.

Baxmut shahri harbiy ma’muriyati rahbari Oleksiy Reva Baxmutdagi janglar va zarbalar vaqtida vayron bo‘lgan binolarning faqat 20 foizini ta’mirlash mumkinligi — qolganlarini  buzib tashlab, qaytadan qurish talab etilishini ma’lum qildi. Quyida shaharning yuqoridan ko‘rinishi aks etgan surat.

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Baxmut uchun jang 

Baxmut atrofidagi kungaboqar ekilgan dala
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina davlat chegara xizmati jangchilari minomyotdan rossiyaliklar pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Qorda turgan Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimi antennasi. SpaceX kompaniyasi keng ko‘lamli bosqin boshidayoq Ukrainaga internet-qurilmalarni yetkazib bergandi. Starlink — Ukraina qurolli kuchlari kommunikatsiyalarining muhim qismidir.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylarining boshpanadagi oshxonasi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi binolardan biridagi yong‘in
Gia​n Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xerson oblastidagi janglar va otishmalar oqibatlari

2022 yil oktyabr va noyabr oylaridagi qarshi hujum chog‘ida Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastining bir qismini ozod etgandi, Rossiya qo‘shini bu hududlarni keng ko‘lamli bosqinning ilk davridayoq egallab olgan, 2022 yil sentabr oyida esa soxta «referendum» natijasida bu hudud annexia qilingandi. Rossiya 2022 yil kuzigacha oblast hududining 95 foizini nazorat qilayotgandi, endi esa — 80 foizdan ortiqroq qismini saqlab qolgan. Dnipro daryosining o‘ng sohilidagi hududlar Ukraina nazoratiga qaytarilgach, RF armiyasi Xerson va daryoning narigi tomonida joylashgan boshqa aholi yashash manzillarini muntazam ravishda o‘qqa tutib kelmoqda.

Xerson aholisi vakili «Yubileynyy» konsert zali atrofini tozalamoqda. 1970 yilda modernizm uslubida qurilgan bu bino 12 fevral kuni o‘qqa tutilgan. «Ukrainskiy modernizm» jamiyati xabar berishicha, «snaryad kichik kalibrli edi va bino tuzilmasida yaqqol ko‘zga tashlanuvchi shikastlanishlar yo‘q. Alyumin panellardan yasalgan fasad shikastlangan». Bu «Yubileynyy» binosiga rossiyaliklar snaryadi ikkinchi bor kelib tushishi — birinchisi 2022 yil dekabrida bo‘lgandi.
Vladyslav Kupreev / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Xersondan taxminan 120 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Davidov Brod qishlog‘idagi yo‘lda rossiyaliklar harbiy texnikasi qoldiqlari
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Harbiy jinoyatlar bo‘yicha prokuror va Ukraina politsiyasi sud-tibbiyot ekspertlari guruhi Davidov Brod qabristonida Rossiya bosqini chog‘ida, 2022 yil 25 iyunida o‘ldirilgan 51 yoshli Yelena Trofimovaning eksgumatsiya qilingan jasadini ko‘zdan kechirmoqda
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Xersondagi vayron bo‘lgan konferens-zal
Gia​n Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv ustida raketalar

17 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Xarkivni o‘qqa tutdi. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov Rossiya Belgorod oblasti tomondan raketalar uchirganini xabar qildi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar yoki yaralanganlar bo‘lmagan.
Vadim Belikov / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top