10:22 / 18.02.2023
15787

O‘zbekiston TIV rahbari Tojikiston tashqi ishlar vaziriga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Xovar

Baxtiyor Saidov Tojikiston TIV rahbariga mamlakatning janubiy-sharqida sodir bo‘lgan qor ko‘chkilari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi. 

Oliy va yuqori darajada rejalashtirilgan tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Top