O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vena shahrida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Tomonlar O‘zbekiston–Germaniya munosabatlarining o‘sib borayotgan dinamikasini qayd etar ekan, savdo, investitsiyalar, “yashil” energetika, kasbiy ta’lim va o‘zaro bog‘liqlik kabi sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida xalqaro va mintaqaviy muhim masalalar, shu jumladan, ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi bo‘lajak tadbirlar kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.









